16:05 / 26.02.2023
21546

Baxmut va Vuhledar mudofaasidagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 367-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin «shturm brigadalari» Baxmutdan shimoldagi Yagodnoye posyolkasini egallagani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 26 fevral tongidagi svodkasida rossiyaliklarning Yagodnoyega hujumi qaytarilganini ma’lum qilgan.
  • Yevroittifoq Rossiya bilan munosabatlardagi sanksiyalarning o‘ninchi paketini qabul qildi. Yana uch bank sanksiyaga tushgan: Alfa-bank, Rosbank va «Tinkoff».
  • Rossiya nefti «Drujba» gaz quvuri orqali Polshaga kelishi to‘xtadi, bu haqda Polshaning neftni qayta ishlovchi PKN Orlen kompaniyasi rahbari ma’lum qildi.
  • AQSh Rossiya va Belarus bilan munosabatlarda eksport cheklovlarini kengaytirdi, Amerika kompaniyalari yetkazib berishi uchun maxsus ruxsat talab etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga smartfonlar va maishiy texnikalar ham kiritildi.

Kun kadri. Xarkivdan Belgorod shahriga boruvchi yo‘ldagi yo‘l belgisi

2022 yil 24 fevrali tongida Ukraina armiyasi va rossiyalik harbiylar o‘rtasida janglar boshlangan Xarkiv atrofidagi yo‘lda o‘q va snaryad parchalari izlari qolgan yo‘l belgisi. Volodimir Zelenskiy o‘tgan yilni «Yengilmaslik yili» deb atadi va bu yil «g‘alaba yili bo‘lishi»ni aytdi. Foto: Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Zelenskiy urush boshlangani bir yilligi tadbirlarida 

Ukraina prezidenti mamlakat qurolli kuchlarining halok bo‘lgan askarlari yaqinlariga mukofotlar topshirmoqda. Kiyev, Sofiya maydoni. Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Kiyevdagi Sofiya maydonida Zelenskiyning chiqishini tinglayotgan ukrain harbiylari
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Volodimir Zelenskiy va Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Kiyevdagi harbiy gospitallardan biriga tashrif vaqtida
Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Zelenskiy Kiyev-Pechersk lavrida kapellanlar — Ukraina qurolli kuchlari va Milliy gvardiya safida xizmat qilayotgan ruhoniylar bilan uchrashdi. Mamlakatda kapellanlik xizmati 2022 yilda qonunan joriy etildi. Zelenskiy ruhoniylarning ruhiy madadi frontdagi jangchilarga ham, ularning mamlakat ichkarisidagi qarindoshlariga ham katta yordam berishini ta’kidladi.
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Front bo‘yi shaharlaridagi ukrain harbiylari  

Ukraina qurolli kuchlari 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiylari Baxmut atrofida 2S3 «Akatsiya» gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigada harbiylari G‘arb texnikalari yetib kelguncha sovetlar davriga mansub qurollar bilan jang olib borishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
28-brigada Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshidan buyon harbiy harakatlarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, bu brigada jangchilari avvalroq Ukraina armiyasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda Xersonni ozod etgandi.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
28-brigada jangchilari Baxmut atrofida «Vagner» «shturm otryadlari» yurishini to‘xtatib turibdi. Shu kunlarda ushbu xususiy harbiy kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin uning yollanma jangchilari shahar shimolidagi Yagodnoye qishlog‘ini egallaganini ma’lum qildi.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
17-alohida tank brigadasi jangchilari T-64 tankida
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Keng ko‘lamli bosqin davrida 17-brigada 2022 yil mayida Xarkiv oblastidagi janglarda faol ishtirok etgandi, o‘shanda rossiyaliklarning Shimoliy Don daryosini kechib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘nlab zirhli texnikalari kechuvda yakson etilgandi.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Yaqinda qilingan hujumlardan biri vaqtida ushbu brigada tankchilari rossiyaliklarning BMP-3 texnikasini yo‘q qildi. «Bizda barchasi „gud“. Orklar yana o‘rmalab kelmoqda — ularga zarba berish kerak», deydi jangchilardan biri ukrain jurnalistiga intervyusida.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
17-tank brigadasi harbiysi Oleg dam olish vaqtida
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina ko‘ngillilar armiyasi jangchilari — Rossiyada ekstremistik harakat deb tan olingan «Pravyy sektor» bazasida yaratilgan — Ukraina qurolli kuchlari bilan birgalikda Donbassdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmoqda.
John Moore / Getty Images
Ukraina ko‘ngillilar armiyasi jangchilari harbiy harakatlar orasidagi tanaffus vaqtida Donbassda front chizig‘i yaqinida bo‘sh qolgan uylardan birida barpo etilgan bazada dam olmoqda.
John Moore / Getty Images
Donbass frontida Ukraina ko‘ngilli armiyasi bazasidagi kuzatuv punkti.
John Moore / Getty Images
Frontda Ukraina qurolli kuchlari Rossiya yurishidan mudofaalanishiga to‘g‘ri kelayotgan yana bir uchastka Vuhledar shahri bo‘lib turibdi. Fotoda — zirhli transportyorda front chizig‘idagi pozitsiyani egallash uchun yo‘l olgan ukrain dengiz piyodalari.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Vuhledardagi Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari. Rossiya tomonidan muntazam ravishda artilleriya zarbalari berilayotgani tufayli shahar peyzaji Mariupol, Baxmut va bombardimon qilingan boshqa shaharlarni eslatadi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik dengiz piyodasi Vuhledar ko‘chalarida patrullik qilmoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Shaharda patrullik qilish chog‘ida dushman so‘nggi vaqtlarda pozitsiyasini o‘zgartirgan yoki yo‘qligini ehtiyotkorlik bilan o‘rganayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Vuhledarda artilleriya zarbasidan vayron bo‘lgan besh qavatli uy
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Baxmutda halok bo‘lgan tinch aholi vakillari jasadlari

George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA

Izyumda eksgumatsiya jarayonidan keyin bo‘sh qolgan qabrlar

Rossiya armiyasi Izyumdan chekingach topilgan ommaviy qabrda keyingi oylarda eksgumatsiya jarayoni olib borildi. Fotoda — Rossiya okkupatsiyasi davrida paydo bo‘lgan qabristondagi bo‘sh qabrlar.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Izyumda Rossiya okkupatsiyasidan keyin tinch aholi vakillarining jami 450 qabri va harbiy xizmatchilar ko‘milgan bitta birodarlik qabri topilgan.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevdan Polshaning Pshemisl shahriga jo‘nab ketayotgan poyezd

Urush ukrain oilalarini ayirishda davom etmoqda: fotoda — Kiyev vokzalidan Polshaning Pshemisl chegara shahriga poyezd jo‘nashi vaqtida xayrlashayotgan juftlik. Erkaklar harbiy harakatlar vaqtida Ukrainani alohida sabablar ko‘rsatilgandagina tark etishi mumkin. Foto: Kay Nietfeld / dpa / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top