18:14 / 03.03.2023
31507

Orol dengizi sathi yarim metrga ko‘tarilgani aytildi

Qozog‘istondagi Shimoliy Orol dengiziga quyilayotgan suv hajmi oshdi.

Orol dengizi sathi yarim metrga ko‘tarildi, deb xabar berdi Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyati ma’muriyati.

Orol-Sirdaryo havzasi inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Zeynulla Qaztog‘anovning ma’lum qilishicha, Shimoliy Orol dengizida to‘plangan suv hajmi 27 milliard kub metrdan 18,5 milliard kub metrgacha, suv sathi esa 40,42 mBT gacha (Boltiqbo‘yi tizimi bilan hisoblaganda) pasaygan edi.

2022 yil oktyabr oyidan bugungi kungacha dengizdagi suv sathi 40,90 mBT yoki 48 sm.gacha ko‘tarilgan, to‘plangan suv hajmi esa 19,7 milliard kub metrga oshgan.

«O‘tgan yili Orolga 816 mln kub.m. suv quyildi, bu yil 2 oyda 803 mln kub.m. quyildi», dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 1989 yilda Orol dengizi qurishi oqibatida ikkita suv havzasiga – Shimoliy va Janubiy Orolga ajralib ketgan edi. Shimoliy Orol – Qozog‘iston hududida joylashgan.

Mavzuga oid
Top