11:28 / 14.03.2023
4652

Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov kecha Pokiston elchisi etib tayinlangan Ahmad Faruqdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Foto: TIV axborot xizmati

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya aloqalari, shuningdek, mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.    

Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shakllarda bo‘lajak tadbirlarning jadvali hamda tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Ahmad Faruq 2020-2023 yillarda Pokistonning mamlakatdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan elchi Sayyid Ali Asad G‘iloniy o‘rniga tayinlandi.

Top