10:20 / 14.07.2016
26225

Toshkentdagi kuchli shamol avtomobillarga zarar yetkazdi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Toshkent mavzelaridan birida turgan “Jiguli” rusumli avtomobilning ustiga ulkan daraxt yiqilgani aks etgan fotosuratlar joylashtirildi.

Suratlardan mashinaning o‘ta jiddiy zarar ko‘rgani, voqea yuz bergan vaqtda salonda hech kim bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilar, avvalo, voqea oqibatida hech kim jabrlanmaganligidan xursand ekanliklarini aytishgan bo‘lsa, boshqalar poytaxtdagi eski daraxtlarni kesish zarurligi, bo‘lmasa eski daraxtlarning o‘zi yiqilib, mana shunday baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishlari mumkinligini yozib qoldirishgan.

Kimningdir omadi keldi...

Top