18:54 / 24.03.2017
5369
2016 yilda ShHT a'zo-davlatlari o‘zaro to‘plangan investitsiyalari 40 milliard dollardan oshdi

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti bosh kotibi Rashid Alimov TASS muxbiriga intervyu berdi. Unda 2002 yilning 7 iyun kuni Sankt-Peterburgdagi sammitda qabul qilingan ShHT xartiyasining o‘rni haqida so‘z yuritildi. 

Shuningdek Rashid Alimov tashkilot faoliyati bilan bog‘liq bir qator raqamlarni keldirdi. Uning ma'lum qilishicha, 2011-2015 yillar davomida ShHT a'zo-davlatlarning tegishli idoralari tomonidan 20 terakt tayyorlanish vaqtidayoq bartaraf etildi, terrorchilik va ekstremistik xarakterga ega 650ta jinoyat oldi olindi. 

Bundan tashqari, Alimovning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilarni tayyorlash bo‘yicha 440ta baza va xalqaro terrorchilik tashkilotlarining 1700 nafar a'zosi yo‘q qilindi, noqonuniy qurolli tuzilmalarning 2700dan ortiq ishtirokchisi qo‘lga olindi. 

Shuningdek o‘tgan davr mobaynida 3250dan ortiq qo‘lbola portlovchi qurimalar, taxminan 10 mingta qurol-yarog‘ va 52 tonnadan ko‘proq portlovchi moddalar olib qo‘yildi.

Rashid Alimovning so‘zlariga ko‘ra, 15 yil davomida ShHT a'zo-davlatlari o‘rtasidagi muntazam aviareyslar soni bir necha barobarga o‘sdi. A'zo-davlatlar o‘zaro to‘plangan investitsiyalari ham ortib bormoqda, 2016 yilda ularning hajmi 40 mlrd AQSh dollaridan ko‘paydi.

Top