Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pul uchun orini unutgan kimsalar
Chustlik Bahodir Toymazov (ism-shariflar o‘zgartirildi) farzandlari Rahimjon va Ergashni qo‘shni respublikaga borib ishlab kelishga da'vat etdi. O‘zi shundoq ham bekorchilikdan bezigan katta o‘g‘li xorijda mo‘may pul topish mumkinligini eshitgach, darrov otasining taklifiga rozi bo‘ldi va yaqin do‘sti Akramdan pul olib, aytilgan manzilga jo‘nab ketdi, deb yozadi “Postda” gazetasi.
“Uzoqning bug‘doyidan yaqindagi somon yaxshi” degan maqol bejiz aytilmagan. Rahimjon qo‘shni davlatga yetib borgach, aldanganini bildi va ikki oydan so‘ng bir amallab uyiga qaytib keldi.
Endi bu yog‘ini eshiting: Rahimjon chet davlatda yurgan paytda Akram do‘stining oilasidagi ahvolni bilish maqsadida uning turmush o‘rtog‘iga bir-ikki marta qo‘ng‘iroq qiladi. Bundan xabar topgan Bahodir Toymazov o‘g‘li qaytib kelgach, “Akram xotining bilan don olishib yuribdi, shuning uchun u bu qilmishining badalini to‘lashi kerak”, deb kechki payt ikki do‘stini olgancha to‘g‘ri Akramning o‘yiga borishadi. Uni ovloqroq joyga olib chiqishadi. Bahodir “Sen o‘g‘limning turmushini barbod qilding, buning uchun 7500 dollar berasan! Ishni “yopti-yopti” qilamiz, agar bosh tortsang, el orasida sharmanda bo‘lasan va sening ham turmushingni buzib, ustingdan jinoyat ishi qo‘zg‘attiramiz” deb qo‘rqitadi. Yaxshilik qilaman deb tuhmatga qolgan Akram ularning vajohatidan qo‘rqadi va or-nomusni ustun bilib, “shu bilan tinchishsa, mayli” deb, ota-bola firibgarlarga ma'lum miqdorda pul beradi.
Ota-bolalar kelinga ham tuhmat toshini yog‘dirib, uydan haydab yuborishadi.
El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. Bu voqea zum o‘tmay nafaqat mahallaga, balki butun tumanga tarqaldi. Ammo masalaga oydinlik kiritib, oqni oqqa, qorani qoraga ajratishga jazm aylagan biror kimsa topilmadi. Aksincha, boshqalar qatorida mahalla faollari ham tomoshabin bo‘lib turaverishdi.
Biror kishi mushugini “pisht” demaganidan “ilhomlangan” tovlamachi firibgarlar kun-kunora Akramga bosim o‘tkazishar, u esa oilasining barbod bo‘lmasligi va voyaga yetmagan farzandlarining kelajagini o‘ylab ota-bolalarga mute bo‘lib qolgandi.
- Sog‘ib olishga zo‘r govmish topdig-u, ammo undan oladiganimizni olib, so‘ng ishni to‘xtatmasak bo‘lmaydi, - dedi shunday kunlarning birida B.Toymazov o‘g‘illariga.
- Xo‘sh, unda nima qilsak bo‘ladi?
- Hozir Akramning uyiga borib, uni shu yerga olib kelasizlar. Qolganini o‘zim xamirdan qil sug‘urganday hal qilaman...
Akram mashinasidan tushishga ulgurmasdan aka-ukalar uni sudrab otasi o‘tirgan xonaga olib kirishdi.
- Qilg‘iliqni qilib yayrab-yashnab yuribsan, Rahimjon esa sen tufayli el orasida uyatga qoldi, oilasi barbod bo‘ldi. Endi bu yog‘iga mardlarcha turib berasan. Uni uylantirishimiz kerak. Buning uchun to‘yga ketadigan xarajatlar sening hisobingdan bo‘ladi. 7500 “ko‘ki”dan olib kelganingdan keyin oramiz ochiq, deb hisoblayver.
Tovlamachilarning navbatdagi po‘pisasini eshitib peshonasini sovuq ter bosgan Akram uydan ko‘chaga chiqarkan, nima qilishini bilmay biroz esankirab qoldi. Nihoyat, kech bo‘lsa-da, aqlini peshlab, tuman ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Tovlamachilar jinoyat ustida, ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi va qilmishlariga yarasha jazoga tortildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

11:09 / 05.02.2025
Chustda sud raisi yordamchisini kaltakladi. Endi u ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin

11:42 / 23.01.2025