15:00 / 29.09.2017
37162

Foto: Ronaldu yana bir qimmatbaho avtomobilini namoyish etdi

Krishtianu Ronaldu instagramdagi sahifasida o‘zining yangi avtomobili fotosini joylashtirdi.

«Yangi toychoq tayyor», – deya izoh yozgan futbolchining o‘zi.

Bu giperkar Bugatti Chiron. Bunday mashina narxi qariyb 3 mln dollar turadi, uning quvvati 1500 ot kuchiga teng. Maksimal tezligi soatiga 420 kilometr. 2,5 soniyada noldan 100 km/s tezlikka chiqadi, 6,5 soniyada 200 km/s, 13,6 soniyada esa 300 km/s.

Butun dunyoda bunday avtomobildan atigi 500ta ishlab chiqarilgan. 

Shu oy boshida Krishtianu ijtimoiy tarmoqda boshqa bir yangi mashinasini namoyish etgandi – bu to‘q qizil rangli Ferrari F12 TDF. Bu avtomobil narxi atigi 350 000 funt turadi va yangisi bilan hech bir jabhada tenglasha olmaydi.

Mavzuga oid
Top