OITS(SPID) kasalligi haqida juda köp eşitamiz. Darhaqiqat, tarğibot işlari kuçidan uşbu bedavo xastalikka çaliniş sabablari va uning oqibatlari borasida deyarli barça kişilar boşlanğiç tuşunçaga ega. Lekin, şunday bölişiga qaramay, kasallangan insonlar soni kamayib qolayotgani yöq. Demak, jamiyatimizda kasallikni oldini oliş böyiça hali köp harakat qilişimiz zarur. Lekin, köpçilik kişilar aynan şu kasallikdan atrofidagi insonlar aziyat çekkanidagina xulosa çiqarmoqda.
Şu örinda aytilaverib, ta'sir kuçini deyarli yöqotayotgan iboraga töxtalamiz: “Kasallikni davolaşdan köra, oldini olgan ma'qul”. Quyida keltiriladigan misollardan biri öquvçiga saboq böladi degan umiddamiz.
Ona hasrati: “Qizimiz voyaga yetgaç, xonadonimizdan sovçilarni keti uzilmay qoldi. Tabiiyki, qizimizni unaştirdik. Nikohgaça tibbiy körikdan ötişi kerakligini mutaxassislar aytişdi va biz tibbiy körikdan öta boşladik. Kuyov tomondagilar esa töyni tezlaştiriş kerakligini tibbiy körikdan töydan söng ötsa ham bölişini aytişganida, şubha qilmay, beparvolarça rozi böldik. Oradan oylar ötib, qizimni homilador ekanini, yaqinda buvi bölişimni aytişganida juda xursand bölib ketdim. Lekin xursandçiligim uzoqqa bormadi. Homiladorlik böyiça qon namunasini topşirgani olib bordim. Qizimizda OIV virusi borligini eşitib, oqibatda uning OITS (SPID) kasalligiga çalinganini tuşunib, e'tiborsizligim tufayli farzandim hayotini xavfga qöyganimni anglab, dahşatga tuşdim. Kuyov yigitda uşbu kasallik bölgan va qizimga yuqqan ekan. Farzandim uçun OITS haqida malumot oliş maqsadida atrofga nazar solsam köçalarda şifoxonalarda ogohlikka çaqiruvçi köplab yozma manbalar borligini kördim. Mening OIV kasalligi töğrisida tuşunçaga ega bölmaganligim farzandim hayotini salbiy tomonga burilişiga olib keldi. Azizlar, sizlar ham mening holatimga tuşmasligingiz uçun sizlarni ogohlikka çaqiraman”

Bunday misollarni köplab ketirişimiz mumkin. “1 dekabr-Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni”. Aslida, insoniyatga xavf solayotgan dardi-bedavo kasallik bilan har kuni har soatda kuraşişimiz zarurligini unutmang!
OIV/OITS BU NIMA?
OIV (VIÇ) – Odam organizmidagi Immunitet Tanqisligini keltirib çiqaruvçi Virus. Asosan odamning immunitet (himoya) tizimiga ta'sir qiladi.
OITS (SPID) – Orttirilgan Immunitet Tanqisligi Sindromi. U OIV infeksiyasining yakuniy bosqiçi hisoblanadi.












