10:45 / 26.12.2017
46213

Maktabda ko‘zi yorigan o‘qituvchi bolasini sumkaga solib qo‘ydi

Boshqordiston poytaxti Ufadagi maktablardan birida homiladorlikning kechki muddatlarida ishga kelgan o‘qituvchi shundoq dars vaqtida ko‘zi yorigan. O‘zgalar yordamisiz tuqqan o‘qituvchi bolasini sumkaga solib qo‘ygan. Bu haqda “Bashkortostan” telekanali xabar bermoqda. 

O‘qituvchi maktabdan kuchli qon oqish bilan shifoxonaga olib ketilgan. Ayol  shifokorlarga ko‘zi yoriganini aytmagan. Ayolning tuqqani shifoxonada ko‘rikdan o‘tgandan keyin aniqlangan. Ayoldan bola qayerdaligini so‘rashganda, u sumkasini ko‘rsatgan.

Afsuski, bola topilganda o‘lik holda bo‘lgan. Ayolning aytishicha, bola jonsiz holda tug‘ilgan.

Tergov qo‘mitasida ma'lum qilinishicha, ushbu holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bolaning o‘limi sababi va u tug‘ilganda tirik bo‘lgani-bo‘lmaganini aniqlash uchun ekspertizalar o‘tkazish belgilangan. 

Top