14:32 / 26.02.2018
15685

Benzin va elektrda: Jyeneva avtosalonida taqdim etiluvchi eng noyob mashinalar

Jaguar elektr krossoveri, Ferrari Pista va yangi Porsche 911 - Forbes Jyeneva avtosalonidagi motorshouda taqdim etiladigan eng qiziq modellarni tanlab oldi. Ushbu motorshou Yevropadagi eng nufuzli sanaladi hamda yil davomida bunday darajadagi yagona tadbirdir: unda jahondagi eng mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchilar qatnashadi. U ilk bor 1905 yilda bo‘lib o‘tgan bo‘lib, 2018 yilda o‘z eshiklarini 88 marta ochadi.

Quyida 8-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada taqdim etiluvchi eng qiziq mashinalar haqida ma'lumot beriladi.

Peugeot 508

Foto: Geneva Motor Show

Yangi Peugeot 508 Audi A5 Sportback’ga chaqiriq tashlashga tayyor. Jihozlar raqobatchinikidan kam emas: tunda ko‘rish tizimi, adaptiv kruiz-nazorat, uqalash tizimiga ega o‘rindiqlar va boshqa ko‘plab narsalar. Biroq kuch qurilmasi biroz kuchsizdek: 1,6 litrli PureTech, quvvati 180 dan 225 ot kuchigacha.

Skoda Octavia RS 245 Challenge Plus va Superb

Foto: Geneva Motor Show

Skoda Octavia RS 245 Challenge Plus va Skoda Superb’ning tashqi ko‘rinishi hozircha oshkor etilmayapti, biroq texnik xususiyatlari hayron qoldiradi: 268 kuchli ichki yonish dvigateli, ikkita ulamaga ega 7 tezlikdagi avtomatlashtirilgan uzatmalar qurilmasi. Ma'lum bo‘lishicha, mashinalar yangi elektron jihozlarga ega bo‘ladi.

Hyundai Santa Fe

Foto: Geneva Motor Show

Hyundai yangi Santa Fe haqida hech narsani yashirmadi – keyingi avloddagi krossoverning narxi ham hattoki ma'lumot. Kuch qurilmasi katta o‘zgarishlarga uchramadi, asosiy e'tibor yangi kuzovga qaratildi – u yuqori chidamli po‘lat ulushi oshirilishi hisobidan yana kuchliroq bo‘ldi. Bundan tashqari, old qismidagi qarshilik koeffitsiyenti pasaydi.

Cupra Ibiza

Foto: Geneva Motor Show

Avtosalon Seat subbrendi - Cupra uchun debyutga aylanadi, u Ibiza sport hetchbekini ko‘rgazma uchun tayyorlab qo‘ydi. Kapot ostida – 200 ot kuchiga ega, Volkswagen Polo GTI turbomotori. Maksimal tezlik – soatiga 233 kilometr.

Volvo V60

Foto: Geneva Motor Show

V60 universali uchun motorshou jahon premerasiga aylanadi, garchi u o‘z yurtida, Shvetsiyada, taqdim etib bo‘lindi. Avtomobil konsern tomonidan 90-seriyada va XC60’da qo‘llaniluvchi SPA platformasi negizida qurilgan. V60 quvvati 340 hamda 390 ot kuchi bo‘lgan gibrid kuch qurilmalari yordamida harakatga keladi.

Lexus UX

Foto: Geneva Motor Show

Shahar krossoveri Audi Q3 yoki BMW X1’ga raqobat tug‘dirishi kerak. Ma'lum bo‘lishicha, Lexus UX 200, UX 250 va UX 250h nomiga patent oldi. Katta ehtimol bilan, raqamlar kuch qurilmasi turini anglatadi: 2,0; 2,5 litrli va gibridli.

Porsche 911 GT3 RS

Foto: Geneva Motor Show

Nemis sportkari Porshe tarixidagi eng kuchli kuch qurilmasiga ega – 520 kuchli, 4,0 litrli motor, u yetti pog‘onali robot bilan uyg‘un ishlaydi. Avvalgi model bilan taqqoslaganda, mashina yaxshiroq aerodimanikaga ega, og‘irligi esa kamaytirildi. Qo‘shimcha pul evaziga magniyli g‘ildirak disklarini xarid qilish mumkin, ular mashinani yanada yengil qiladi.

Ferrari 488 GTB Pista

Foto: Geneva Motor Show

Ferrari barcha modellari kabi, superkar kuch qurilmasi bilan hayratga soladi: 3,6 litrli dvigatel 721 ot kuchi quvvatiga ega. Shu bilan birga, kuzov konstruksiyasida yengil kompozit materiallar keng ishlatilgan. Natijada, Pista soatiga 100 kilometr tezlikka 2,8 soniyada chiqadi.

Jaguar I-Pace

Foto: Geneva Motor Show

Britaniya markasi elektrokarni yaratish bo‘yicha birinchi tajribani tez o‘sayotgan soha – SUV’da olishga harakat qildi. I-PACE krossoveri - Tesla Model X’ning to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi. Ilk mashinalar atigi yarim yildan so‘ng savdoga chiqadi. Kuch qurilmasi quvvati – 400 ot kuchi, avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 4 soniyada chiqadi – benzinli istalgan raqobatchidan tezroq.

Mavzuga oid
Top