11:21 / 06.04.2018
27630

Rossiya hech qachon do‘st bo‘lmaydi – AQSh

Foto: Rainier Ehrhardt/AP

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining Shimoliy Karolinada joylashgan Dyuk universitetidagi ma'ruzasida ma'lum qilishicha, Rossiya hech qachon AQShga do‘st bo‘lmaydi. Uning chiqishi tasvirlangan videoyozuv o‘quv muassasasining YouTube’dagi rasmiy kanalida e'lon qilindi.

«Bizning mamlakatda Rossiya bizning do‘st yoki dushman ekaniga oid siyosiy bahslar boshlandi. Aslida, bu noto‘g‘ri savol, sababi Rossiya hech qachon bizning do‘st bo‘lmaydi. Biroq, shu bilan birga, bu biz ular bilan ishlash niyatida emasligimizni anglatmaydi», - deya aytib o‘tdi Heyli.

Shu bilan birga, Heylining ta'kidlashicha, Amerika tomoni Rossiya bilan unga kerak bo‘lgan paytda ishlashga tayyor. Bundan tashqari, uning ma'lum qilishicha, AQSh ham o‘ziga kerakli paytda zarba bermoqda va «aynan shunday bo‘lishi ham kerak».

Top