18:41 / 02.05.2018
28876

Ochilboy Ramatov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: AZERTAC

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov Turkmanboshidagi xalqaro dengiz portining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar berishicha, u Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham muzokara o‘tkazgan.

Davlat rahbari Turkmaniston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikni kengaytirish ekanligini ta'kidladi.

Uchrashuv davomida Turkmaniston va O‘zbekiston ikki tomonlama savdo, investitsiyalar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan Turkmanboshi shahrida xalqaro dengiz portini ishga tushirishning muhimligi qayd etildi.

Portni qurish 2013 yilning avgust oyida boshlangan. U 152 gektar maydonni egallaydi va parom, yo‘lovchi hamda yuk terminallarini o‘z ichiga oladi. Yangi portning umumiy quvvati 17 million tonnani tashkil etadi.

Top