22:51 / 16.05.2018
143138
2018 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma'lum qilindi
Foto: O‘zbekiston musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun zakot nisobi 1 gramm tilloning bugungi kunda bozorlarimizdagi o‘rtacha narxi 188 235 so‘m atrofida ekanini e'tiborga olib, 85 gramm tillo hisobidan zakot nisobi 16 000 000 so‘m ekani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, ya'ni 400 000 so‘m miqdorda zakot chiqarishni ma'qulladi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yilgi fitr sadaqasining miqdori viloyat, shahar va tumanlar bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. Masalan, 2018 yilda Toshkent shahar bozorlarida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 2500 so‘m bo‘lsa, demak 2 kilogramm bug‘doy narxi 5000 so‘m bo‘ladi.

Bu yilgi fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12 000 so‘m, deb belgilandi.

Mavzuga oid
Top