20:39 / 28.05.2018
28510

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar merganlikning yangicha usulini amalda qo‘llashdi  (foto, video)

Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala o‘quv maydonlaridan birida o‘tkazilayotgan amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti davomida mashqlarni yuqori darajada tashkillashtirish va o‘tkazish, bo‘linmalarning hududga joylashishi, kuzatuv punktini jihozlash va niqoblash, razvedka ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratilyapti. Harbiy xizmatchilar merganlikning yangicha usul va uslublarini amalda qo‘llab, mahoratlarini oshirayotgan yurt himoyachilarining mashqlarini KUN.UZ muxbiri kuzatdi.

O‘quv joylarida mashg‘ulotlarni bajarishda innovatsion yondashuvni ko‘rishimiz mumkin. Harbiy xizmatchilarning mashqlarni o‘zlashtirish darajasiga ham tanqidiy, ham tahliliy baho berilmoqda. 

Bugungi kunda jangovar bo‘linmalar oldida turgan vazifalar har qachongidan-da mas'uliyatli. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun yuksak tayyorgarlikka ega bo‘lgan professionallar, o‘z ishining mohir ustalari, strategik va taktik fikrlovchi komandirlar bo‘linmalarga yetakchilik qilishi zarur. Mazkur amaliy taktik o‘quv mashg‘ulotlari ham harbiy xizmatchilar uchun bo‘linmalarni boshqarish, nostandart qarorlar qabul qilish, eng muhimi qo‘shinlar hamkorligining o‘ziga xos muhim jihatlarini amaliyotda sinab ko‘rish imkonini bermoqda. 

Yurt himoyachilari mashqlarda jangovar texnikalar imkoniyatidan keng va unumli foydalanib, berilgan me'yorlarni amalda bajarishdi.

Top