23:36 / 07.09.2018
27412

Nursulton Nazarboyev tushlari haqida gapirib berdi 

Foto: Oqo‘rda matbuot ximati

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qarag‘anda viloyati metallurglari bilan uchrashib, ularga o‘zi ko‘radigan tushlar haqida gapirib berdi. 

“Barchamiz metallurgmiz va bir partiyadan iboratmiz. Biz mamlakat va xalq uchun xizmat qilamiz. Men tushimda domna pechi yonida turganimni muntazam ko‘raman. Bu ish qiyindir, havo toza emas. Biroq bu ishni hamisha yaxshi ko‘rib qolamiz”, deb aytgan Nazarboyev instagrammdagi sahifasida joylashtirilgan videoda.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by AkordaPress (@akordapress) on

“Men o‘zimni metallurgiyaga bag‘ishlaganman va o‘zimni boshqa ishda ko‘rmaganman. Prezident bo‘lishni xayolimga ham keltirmaganman. Biroq shunday bo‘lib qoldi”, deb aytgan Nazarboyev. 

Nazarboyev viloyatga tashrifi davomida bir qator sanoat obektlari, bog‘lar va madaniyat uylariga tashrif buyurgan.

Top