08:10 / 29.09.2018
47386

Nega GM Uzbekistan avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi?

Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan "Shahrixon-Avto Ravon" AJ bilan dilerlik kelishuvi bekor qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.

“Kelishuvni bekor qilinishiga dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi, GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflikning mavjud emasligi, ish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yishlik, avtomobillarni sun'iy bronlash, xaridorlar o‘rtasida talab katta bo‘lgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi, rasmiy narxlarning ochiq ma'lumot tarzida mavjud emasligi, shartnoma tuzish uchun mavjud bo‘lgan avtomobillar haqida yolg‘on ma'lumotlar berilishi, faoliyat yuritmaydigan koll-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi sabab bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kompaniya ana shunday qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» GM Uzbekistan avtomobillariga tuzilgan 10 181ta ariza bekor qilingani haqida xabar bergandi. 

Top