Toşkent şahridagi “Premier Motors Auto” MÇJ vakillariga nisbatan jinoyat iş qözğatildi. 2022 yil 5 sentabrda davlat röyxatidan ötkazilgan MÇJda menejer sifatida işlagan D.I. juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

Kun.uz tanişgan ayblov xulosasida keltirilişiça, D.I. MÇJ ta’sisçilaridan biri Ş.R. va jamiyat işçilari bilan bir guruh bölib, 20 ga yaqin holatda maşina olib beriş yoki maşinasini sotib oliş va’dasi bilan fuqarolarni aldagan. Tölangan pul mablağlarini esa şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Jumladan, u Sergeli tumani Qumariq köçasida joylaşgan “Premier Motors Auto” avtosalonida fuqaro V.A.ning işonçiga kirib, uning Cobalt maşinasini 10 200 dollarga sotib olişga, pulini qisqa muddatda berişga kelişgan. Söngra qölga kiritilgan maşinani boşqa şaxsga sotib, pulini öz ehtiyojlariga sarflagan.

D.I. şu kabi fuqaro A.B.ning 375 mln sömga savdolaşilgan Malibu, I.M.ning 72 500 dollarga savdolaşilgan Lixiang L9, A.M.ning 47 ming dollarga savdolaşilgan BMW I3, U.X.ning 13 ming dollarga savdolaşilgan Cobalt, I.Yu.ning 12 ming dollarga savdolaşilgan Gentra maşinasini boşqa şaxslarga sotib yuborib, pulini şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Şuningdek, D.I. özini MÇJ rahbari sifatida taniştirib, fuqaro S.M.ga Equinox olib berişni va’da qilgan va 44 mln söm pulini olib, u bilan şartnoma imzolagan. Sudga oid xatşunoslik ekspertizasi mazkur şartnomadagi imzo MÇJ rahbari Ş.R.ga tegişli emasligi, balki D.I. tomonidan bajarilgani haqida xulosa bergan. D.I. va’dasini bajarmagan, 44 mln söm pulni esa şaxsiy ehtiyojlariga sarflagan.

Şu kabi F.X.ga Onix olib beraman deb 88 mln söm, F.Y.ga BMW I3 olib beraman deb 400 mln söm, G.X.ga Lixiang L9 olib beraman deb 68 500 dollar, Ş.A.ga Equinox olib beraman deb 231 mln söm, B.Q.ga Traverse olib beraman deb 28 300 dollar, S.S.ga Lixiang L9 olib beraman deb 67 ming dollar, T.P.ga Equinox olib beraman deb 369 mln söm, R.Xga Equinox olib beraman deb 235 mln söm, N.N.ga Equinox olib beraman deb 229 mln söm, J.S.ga 3 dona Malibu-2 maşinasini olib beraman deb 669 mln söm, M.M.ga Equinox olib beraman deb 447 mln söm, M.D.ga Malibu-2 maşinasini olib beraman deb 219 mln söm, S.T.ga Lixiang L9 olib beraman deb 390 mln söm pul mablağlarini olgan. Biroq va’dasini bajarmagan, pullarni esa öz ehtiyojiga işlatib yuborgan.

32 yoşli D.I. Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a, b” bandlari, 228-moddasi 3-qismi va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan ayblanmoqda.

Jinoyat işining “Premier Motors Auto” MÇJ ta’sisçilaridan biri Ş.R. va jamiyatning bir neçta işçilarga oid qismi ajratilib, alohida iş yurituviga olingan.