12:58 / 25.10.2018
12508

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari prezident adminstratsiyasiga ishga o‘tdi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Hujjat bilan Usmon Ulfatovich Sharifxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hukumat huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Sharifxo‘jayev prezident adminstratsiyasida ta'lim sektoriga mudir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 24 oktabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yangi jamg‘armaga rahbar tayinlangandi.

Mavzuga oid
Top