Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yangi jamg‘armaga rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchi tayinlandi.
Endilikda, Adham Sharipovich Bekmurodov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining direktori vazifasini bajaruvchiga aylandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 23 oktabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
Adham Bekmurodov bunga qadar tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Bank-moliya akademiyasi rektori kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentabr oyi oxirlarida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida vatandoshlar bilan muloqot va xorijda mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.
Belgilanishicha, jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Iste'dod» jamg‘armasi huquqiy vorisi bo‘ladi.
Jamg‘arma katta ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan, xorijdagi taniqli ilmiy-tadqiqot, ta'lim va tibbiy muassasalar, iqtisodiyotning istiqbolli sohalarida ishlovchi vatandoshlar bilan aloqalar o‘rnatadi. Shuningdek, katta ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlar elektron reyestrini tashkil etadi hamda yuritadi. Bundan tashqari, xorijiy olimlar, o‘qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislarni ta'lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
Mavzuga oid
10:26 / 05.12.2024
Norvegiya neft jamg‘armasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun RF aktivlarini sotadi
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
14:15 / 28.07.2024