19:22 / 19.11.2018
7762

Yandeks yangilangan «Andromeda» qidiruv tizimini taqdim etdi

Yandeks kompaniyasi «Andromeda» nomi ostida yangilangan qidiruv tizimini taqdim etdi. Eng asosiy yangilanishlar qidiruv tizimining uch yo‘nalishida amalga oshirildi, bular: foydalanuvchi qo‘ygan savolga tezkor javoblar, manbalarni qidirishda yordam va qidiruv natijalarini saqlab qo‘yish imkoniyatidir.

Tezkor javoblar

Endilikda tezkor javoblar orqali kerakli fakt haqida bilishdan tashqari, qayerda ovqatlanish mumkinligi, u yoki bu shaxs nimasi bilan mashhurligi, ommaviy axborot vositalari nimalar haqida yozayotgani va xokkey yoki futbol olamida nimalar sodir bo‘layotgani haqida ham bilish mumkin. Masalan, Ispaniya chempionati haqida so‘rov yuborilsa, qidiruv natijalarida turnir jadvali, uchrashuvlar sanasi, chempionat yangiliklari chiqadi.  

Manba tanlash

Qidiruv natijasida topilgan saytlarning sifatiga e'tibor qaratildi: ular foydalanuvchiga qay darajada yordam bera oladi, bu saytlarga foydalanuvchilar qanchalik ko‘p kiradi – qidiruvda mana shu omillar hisobga olinadi.

Kolleksiya 

Yangilangan qidiruv tizimi bir harakat bilan ma'qul kelgan narsalar: havolalar, filmlar, video yoki suratlarni saqlash imkonini beradi. Ular Yandeks.Kollektsii servisiga tushadi va ularni har qanday qurilma orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.  

Mazkur servisda foydalanuvchi o‘z kolleksiyasini yaratishdan tashqari, boshqalarning kolleksiyalariga ham obuna bo‘lishi mumkin. Masalan, telefonlarga qiziqqan foydalanuvchi boshqalarning shu mavzudagi kolleksiyalariga obuna bo‘lishi va ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

Top