Jizzax viloyati Döstlik tumani Ekologiya inspeksiyasi boşliği lavozimida işlagan Fazliddin Abdusamatov qidiruvga berildi. U Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda gumonlanmoqda.
Sud ajrimida keltirilişiça, Fazliddin Abdusamatov 2024 yil 18 iyul kuni Döstlik tumani Navröz mahallasi hududidan ötuvçi 4R-286 avtomobil yölining “Döstlik-Manas” yönalişi çap tomonida ekilgan 14 tup qimmatbaho şumtol (yasin) daraxtini qurib qolganlik vaji bilan noqonuniy ravişda özboşimçalik bilan kesib taşlagan. Ötkazilgan sud-biologik espertizasi xulosasiga köra, kesilgan 14 tup şumtolning 3 tupi qurimagan bölgan.
Jizzax viloyati Ekologiya, atorof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi tomonidan 3 tup şumtol daraxtining kesilgani holati yuzasidan ösimlik dunyosiga 227 mln 800 ming söm zarar yetkazilgani aniqlangan. Tergovdan yaşiringani sababli Döstlik tuman IIB Tergov guruhi tomonidan Abdusamatovga sirtdan qidiruv e’lon qilingan.
Sud ajrimi bilan Fazliddin Abdusamatovga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi. U uşlanganidan söng IIV JIED 3-mintaqaviy hudud 8-sonli tergov hibsxonasiga joylaştirilişi belgilangan.

















