Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi
O‘zbekistonda bir yildan ortiq vaqt qidiruvda bo‘lgan fuqaro Qozog‘istonda qo‘lga olindi.
37 yoshli erkak Ko‘kshetovdagi restoranlardan birida oshpaz bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston fuqarosi 2023 yil 27 fevralda vatanida bezorilikda ayblanib, qidiruvga berilgan.
U qidiruvda ekanligidan xabar topgach O‘zbekistonni tark etib, Chimkentga, u yerdan esa Ko‘kshetovga kelgan.
Ayblanuvchi 9 oktyabr kuni Ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan ish joyida qo‘lga olingan. Hozirda ekstraditsiya masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
12:53 / 08.12.2025
Toshkentda qidiruvdagi shaxs YPX reydi davomida aniqlandi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025