19:39 / 28.11.2018
7558

Chili ichki ishlar vaziri telefonga chalg‘ib qo‘lini sindirib oldi

Foto: SS0 Public Domain

Chili ichki ishlar vaziri Andres Chadvik Santyagodagi “La Moleda” prezident saroyida yiqilib tushib, qo‘lini sindirib oldi va oyog‘i payi cho‘zildi.

El Desconcierto nashrining ma'lum qilishicha, voqea 26 noyabr ertalab yuz bergan. Vazir mobil telefoniga chalg‘ishi oqibatida zinadan yiqilib ketgan. 

Vazir jarohatiga qaramay, o‘sha kuni ishini davom ettirgan, chunki prezident Sebastyan Pinera bilan uchrashishi kerak bo‘lgan. Biroq vazir atrofidagilar unga shifokorga ko‘rinishni maslahat qilishgan.

Vazir shifoxonaga yetkazilgan va unga o‘ng qo‘li sinishi, chap qo‘li darz ketishi, to‘pig‘i payi cho‘zilishi va ko‘plab lat yeyishlar tashxisi qo‘yilgan. Uning ikkala qo‘liga ham bandaj solingan. Hozir uni operatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Top