Özbekiston 2025 yilning yanvar–sentabr oylarida qiymati qariyb 1,3 mln AQŞ dollariga teng bölgan 4 117 dona mobil telefonni xorijga eksport qilgan. Eksport 5 ta davlat bozoriga yönaltirilgan.

Ma’lumotlarga köra, mobil telefonlar quyidagi davlatlarga yetkazib berilgan:

  • Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) – 2 916 dona;
  • Xitoy – 618 dona;
  • Afğoniston – 397 dona;
  • AQŞ – 144 dona;
  • Şveytsariya – 42 dona.

Keltirilgan raqamlardan körinib turibdiki, Özbekistonda işlab çiqarilgan mobil telefonlar eksportida asosiy uluşni BAA bozori egallamoqda. Şu bilan birga, Xitoy, Afğoniston, AQŞ va Şveytsariya kabi turli mintaqaga mansub davlatlar tomonidan ham milliy mahsulotlarga talab mavjud ekani qayd etilmoqda.