8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

14:56 / 06.12.2018 10319

Nima uchun qutb yog‘dusi rang-barang? 

Qutb yog‘dusi – bizga ma'lum bo‘lgan eng yorqin tabiat hodisalaridan biri. Bu ming yillar davomida odamlarni hayratga solgan. U ilk marta 30 ming yoshdagi kromanon g‘or tasvirlarida aks ettirilgan. Bu hodisa haqidagi ilk yozuvlar esa miloddan avvalgi 2600 yil qadimgi Xitoy manbalarida uchraydi. 

Foto: Wikipedia

Faqat 1619 yilga kelibgina hodisaga lotincha «aurora borealis» nomi berildi. Bu atama Galiley tomonidan o‘ylab topilgan. O‘sha paytlarda qutb yog‘dusidagi yorug‘lik tonggi quyoshdan chiqishi va Yer atmosferasida aks etadi deb hisoblangan. Shuning uchun olim bu tabiat hodisasiga Rimning tong ma'budasi va greklarning shimoliy shamol xudosi nomlarini bergan.

1749 yilda odamlar quyosh sikllarini kuzatishni boshlashdi. Natijada ular Quyoshda dog‘lar bo‘lganida yog‘du yanada yorqin nur sochishini aniqlashgan. O‘sha vaqtdan beri, ya'ni vaqt hisobi yuritila boshlanganidan beri jami 22 quyosh sikli o‘tdi. 

Foto: Wikipedia

Bugun yog‘du tonggi yorug‘likdan kelib chiqmasligini bilamiz, biroq uning nomi o‘zgarmadi. Aurora borealis – bu shimol yog‘dusi: janubcha shakli esa aurora australis. Har ikkala hodisa ham Quyosh tomonidan ajratiladigan quvvat olgan zarralar sabab yuzaga keladi. Shuning uchun u quyosh to‘fonlari vaqtida yanada kuchli va yorqin tus oladi. Bu zarralar atmosferamiz molekulalari bilan to‘qnashganida biz ko‘radigan yorug‘lik paydo bo‘ladi. Turli molekulalar turli ranglar hosil qiladi.

Ular orasida eng ko‘p tarqalgani – o‘ziga xos yashil-sariq rangdagisi. U kislorod bilan o‘zaro harakatda bo‘lgan Quyosh zarralaridan hosil bo‘ladi. Bu yashil rangdagi nurlar sayyoraning tepasidagi 240 kilometr oralig‘ida yuzaga keladi. 

Foto: Wikipedia

Quyosh zarralari azot bilan qo‘shilganida yorug‘lik qizil, ko‘k yoki siyohrangda bo‘ladi. Bu balandlikka bog‘liq – qiziq nurlar 240 km balandlikda hosil bo‘lsa, ko‘k – 95 km, siyohrang – ular orasida yuzaga keladi.

Yana shunday ranglar borki, ularni faqat maxsus sputnik kameralari orqali ko‘rish mumkin. Ana o‘shanda ultrabinafsha rangidagi qutb yog‘dusini kuzatish imkoni paydo bo‘ladi.

Biroq biz bilmaydigan yana bir jihat bor – shimol yog‘dusining turli shakllarda bo‘lishining sababi nimada? U bulut, to‘lqin, spiral va gorizont bo‘ylab to‘g‘ri chiziq shaklida kuzatiladi.

Foto: Wikipedia

Ayrim madaniyat vakillari ularni ezgu deb emas, yovuz – bo‘lajak urush va fojia belgisi sanaydilar. Finlyandiyada shimol yog‘dusi – «olovli tulkilar», Shotlandiyada – farishta, Skandinaviyada esa – yaxshi baliq ovidan darak beruvchi hodisa hisoblanadi. Inuitlar uchun ular tungi osmonda raqsga tushuvchi hayvonlar ruhlari edi.

Top