10:22 / 21.12.2018
18015
Latviya KGB arxivlarini e'lon qildi
Foto: Scanpix

Latviya rasmiylari Milliy arxiv saytida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi xodimlarining ma'lumotlarini e'lon qildi. Jami 10 mingdan ortiq skaner qilingan hujjat joylashtirildi.

Joylashtirilgan materiallar orasida - KGB xodimlarining telefon daftari, agentlar kartotekalari, normativ hujjatlar, Aksilrazvedka lug‘ati, yig‘ilishlar hisobotlari va yo‘riqnomalar.

Riga KGB arxivlarini e'lon qilishi haqida oktabr oyida xabar berilgandi. Bu qarorni Latviya seymi qabul qildi. «KGB hujjatlari e'lon qilinishi totalitarizm takrorlanishining oldini olish, insoniyatga qarshi jinoyatlar, genotsid va harbiy jinoyatlarni qoralash, shuningdek, demokratik davlat va jamiyatni rivojlantirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan», - deya aniqlik kiritishdi parlamentda.

2019 yil 1 maydan rasmiylar boshqa hujjatlarni ham e'lon qilishni rejalashtirmoqda. KGB agentlarining shaxsiy va ish hujjatlarini ro‘yxatga olish jurnallari, muvaffaqiyatsiz yollashga oid materiallar, shuningdek, KGB operativ ishlari joylashtiriladi.

Top