22:40 / 16.02.2019
29237
Bruno Gans - zamonamizning eng mashhur Gitleri vafot etdi

Shveytsariyalik aktyor Bruno Gans 78 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda gazeta.ru

Xabar qilinishicha, mashhur artist Tsyurixdagi uyida vafot etgan, uning o‘limi sababi aytilmagan.

Gans so‘nggi marta rejissyor Lars fon Triyerning 2018 yilda ekranga chiqqan «Jyek qurgan uy» filmida suratga tushgandi.

U «Bunker» filmidagi (2004) Adolf Gitler roli orqali ko‘pchilikka tanilgan.

1. Bruno Gans «Bunker» filmida (2004)

2. Bruno Gans va Mett Dillon «Jyek qurgan uy» filmida (2018)

3. Bruno Gans va Tim Rot «Yoshliksiz yoshlik» filmida (2007)

Mavzuga oid
Top