21:48 / 27.03.2019
9054

Rossiya Qirg‘izistonga beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar ajratdi

Rossiya hukumati Qirg‘izistonga beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi.

«Yaqinda, mart oyida Rossiya hukumati qirg‘izistonliklar iltimosiga ko‘ra Qirg‘iziston davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun beg‘araz moliyaviy yordam sifatida 30 million dollar mablag‘ ajratishga qaror qildi», — dedi Ushakov.

Moliyaviy yordam bilan birgalikda Rossiya kompaniyalari Qirg‘iziston iqtisodiyotiga 1,6 milliard dollarga yaqin sarmoya kiritadi. 

O‘tgan yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonning 240 million dollar miqdoridagi qarzidan kechish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilgandi.  

Mavzuga oid
Top