16:43 / 22.05.2019
6762

Urban Organics majmuasi: sabzavot va baliq yetishtirish bo‘yicha shahardagi g‘aroyib ferma

Foto: Urban Organics

Zamonaviy megapolislar katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoj sezadi. Biroq uni ishlab chiqarish imkoniyatidan mahrum. Yirik shaharlar aholisi tomonidan iste'mol qilinadigan birlamchi ekin va chorvachilik mahsulotlari qishloqlardan olib kelinadi yoki boshqa mamlakatlardan keltiriladi. Bu transport xarajatlarini yuzaga keltiradi va yaroqlilik muddati oz bo‘lgan mahsulotlar sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Urban Organics konsepsiyasi mualliflari shaharlarning o‘zida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha majmualarni  yaratish orqali mazkur vaziyatni o‘zgartirishni taklif etishmoqda.

Foto: Urban Organics

Kompaniya mutaxassislari yangi uzilgan ko‘kat va sabzavotlarni yetishtirish bo‘yicha yuqori samaraga ega fermani tashkil etish uchun umumiy energotarmoqqa ulangan u qadar katta bo‘lmagan joy kifoya ekaniga ishonch bildirishmoqda. Test rejimida ishlaydigan bu kabi fermalar dunyoning bir necha mamlakatlarida mavjud. Urban Organics mutaxassislari AQShda bir necha mini fermalarni ishga tushirishdi. Jungli orasidagi ushbu yashil ishlab chiqarish muassasalarining o‘ziga xosligi -unda ekin va baliq mahsulotlarini yetishtirish birgalikda olib boriladi.

Foto: Urban Organics

Sobiq ishlab chiqarish binosida joylashgan Urban Organics majmuasi yiliga 200 tonnadan ortiq karam, bargli sabzavot va ziravorlar, shuningdek, 120 tonnadan ortiq baliq mahsulotlarini ishlab chiqaradi. G‘aroyib ishlab chiqarish maskanida suv sikli yopiq hisoblanadi: asosan go‘shti qizil baliqlar (losos) yuradigan suv o‘simliklarga quyiladi. Sabzavot blokidan o‘tayotganida suv turli aralashmalardan tozalanadi va o‘simliklarni o‘g‘itlantiradi, keyin esa tuproqdagi organik moddalar bilan to‘yinib, baliqli hovuzga tushadi. Ana shu g‘aroyib texnologiya sabab nafaqat suv xarajatlari minimallashtiriladi, balki bevosita shahar chekkasida yetishtiriladigan sarxil mahsulot miqdori ham ortadi.

Mavzuga oid
Top