8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:50 / 30.05.2019 23762

Toshkentda «Gazel» yuk avtomashinasi yonib ketdi

Joriy yilning 30 may kuni soat 11:52da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 11-uy oldida “Gazel” rusumli yuk tashish avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 

Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.

Top