Nega O‘zbekistonning eksport hajmi import hajmidan kam? Statistika qo‘mitasi izoh berdi
2019 yilning dastlabki choragida eksport hajmi ko‘rsatkichlari import hajmi ko‘rsatkichlaridan pastligicha qolmoqda. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo statistikasini shakllantirish» mavzusidagi matbuot anjumanida so‘z bordi.
Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati taqdim etgan so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar – aprel oylarida eksport hajmi 5,256,4 mln AQSh dollari, import hajmi esa 7,314,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Statistika qo‘mitasi rais o‘rinbosari A'zam Ikromov eksport hajmining importga qaraganda kamligiga munosabat bildirdi.
«Eksportning importga nisbatan pastligi import mahsulotlariga bo‘lgan talab bilan bog‘liq. Ya'ni O‘zbekiston uchun asosiy import mahsuloti asbob-uskunalar va mashinalar (44 foiz) hisoblanadi. Hozirgi kecha-kunduzda ishlab chiqarishga e'tibor qaratilayotgani, ko‘proq shu yo‘nalishga sarmoya kiritilayotgani bois ham o‘z-o‘zidan zamonaviy asboblar va qurilmalarni olib kirishga ehtiyoj ortadi», deydi u.
Statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonning eksport bo‘yicha 2019 yilning dastlabki to‘rt oyidagi asosiy hamkorlari Xitoy (21,4 foiz), Rossiya (14,2 foiz), Qozog‘iston (7,4 foiz), Turkiya (6,6 foiz), Afg‘oniston (3,2 foiz), Eron (1,4 foiz) va Tojikiston (1,5 foiz) bo‘lib kelmoqda.
Xuddi shu davr ichidagi import ulushi esa mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanmoqda: Xitoy (19,5 foiz), Rossiya (17,1 foiz), Koreya (12,1 foiz), Qozog‘iston (9,1 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Germaniya (3,4 foiz) va AQSh (3,6 foiz).
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi
Jahon | 12:50
-
Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uchun grant ajratiladi
O‘zbekiston | 12:48
-
AQSh maxsus elchisi NATOning sharqqa kengayishi to‘xtashini istisno etmadi
Jahon | 12:25
-
Surxondaryoda 23 ta ko‘p qavatli turar joy binosida seysmik jihatdan kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekiston | 12:13
Mavzuga oid

10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda

11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

12:26 / 02.05.2025