Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX «Yandeks»dan foydalanuvchilar yozishmalarini shifrlash kalitlarini talab qildi
Foto: Antona Novoderejkina / TASS
FXX bir necha oy avval «Yandeks»dan «Yandeks.Pochta» va «Yandeks.Disk» servislari foydalanuvchilarining ma'lumotlarini shifrlashdan chiqarish kalitlarini talab qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib RBK xabar berdi.
RBK suhbatdoshlarining ta'kidlashlaricha, «Yandeks» o‘tgan vaqt davomida maxsus xizmat talabini bajarmagan va kalitlarni bermagan.
«Yandeks.Pochta» va «Yandeks.Disk» axborot tarqatishni tashkil etuvchilar ro‘yxatida turadi, ya'ni foydalanuvchilar o‘zaro xabar almashuvchi internet maydoni hisoblanadi.
2016 yilda qabul qilingan Yarovaya qonuni deb ataluvchi hujjatga ko‘ra, FXX axborot tarqatishni tashkil etuvchilar ro‘yxatidagi har qanday servisdan «internet tarmog‘i foydalanuvchilarining qabul qilingan, jo‘natilgan, yetkazilgan va ishlanayotgan elektron xabarlarini kodlashdan chiqarish bo‘yicha ma'lumotni talab qilishga haqli».
SimilarWeb servisining ma'lum qilishicha, 2019 yil aprel oyida «Yandeks.Pochta»ga 432 mln, «Yandeks.Disk»ka 27,32 mln foydalanuvchi kirgan.
Avvalroq shifrlash kalitlarini berishni rad etgani uchun sud qarori bilan Telegram Rossiya hududida taqiqlangandi.
Mavzuga oid
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
11:53 / 17.01.2026
Sud Rossiya bankining Euroclear’ga qarshi da’vosi bo‘yicha birinchi eshituvni o‘tkazdi
10:06 / 17.01.2026
BBC va “Mediazona” Rossiyaning 163 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
09:45 / 17.01.2026