8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

17:10 / 28.06.2019 2990

O‘zbekiston mahsulotlari Guanchjou shahridagi Xalqaro Mevalar ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahridagi Xitoy Import-eksport ko‘rgazma majmuasida “Fruit Expo 2019” Xalqaro Mevalar ko‘rgazmasi kuni kecha o‘z ishini boshladi.

Ushbu ko‘rgazmada Chili, Peru, Ekvador, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Tailand, Malayziya, Hindiston, Pokiston, Vetnam kabi mamlakatlardan 12 ming kv.metr maydonda 200 dan ortiq eksponatlarda dunyoning sarxil mevalari namoyish etildi. Xitoyning iste'mol bozori ulkan, bu davlatning o‘zida juda ko‘p mevalar yetishtirilishiga qaramay importga ehtiyoji juda katta.

Xitoy – O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. Qolaversa O‘zbekiston va Xitoy – har tomonlama strategik sheriklar. O‘zaro tovar ayirboshlash izchil o‘smoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu yil Xitoyga bo‘lgan tashriflari davomida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvda tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish va diversifikatsiya qilish masalalari muhokama qilingan, o‘zaro savdoni oshirishda ikki tomon manfaatdorligi bildirilgan. Shuningdek O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l" dasturini keng ko‘lamda amalga oshirilishiga amaliy hissa qo‘shishga tayyor ekani ta'kidlangan.

Yuqori darajadagi bu tashabbuslar yurtimiz tadbirkorlariga eksportni yanada rivojlantirishlariga turtki bo‘lmoqda. Bunga misol, O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq respublikasidagi elchixonasining amaliy ko‘magi bilan yurtimizda tez suratlarda o‘sib kelayogan “New Way Caravan Gardens” eksport kompaniyasi asoschisi xam ilk bora ishtirok etmoqda. Kompaniya stendida asosan Xitoy bozoriga qiziq va talab oshib borilayotgan maxsulotlar, ya'ni o‘zimizning gilos, qovun, uzum, turli xil quruq mevalar va yong‘oqlar taklif etildi.

Ma'lumot uchun: Hozirgi kunga kelib O‘zbekistondan Xitoyga eksporti uchun ikki tomonlama kelishuv faqatgina gilos va moshga imzolangan. Xitoy bojxonasining ichki ish jarayonlari yakunlanishi bilanoq shu oylarda o‘zbek qovuniga xam ruxsat olinadi. Quruq mevalarga bayonnoma imzolanishi talab etilmaydi. Bu borada O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi Xitoyning Bosh Bojxona Boshqarmasi bilan jiddiy ish olib bormoqdalar.

Barchamiz bilamizki O‘zbekistonning mevalari o‘zining tabiyligi va betakror mazasi bilan dunyoda tanilgan. Shuning uchun, yarmarka davomida O‘zbekiston stendidan xaridorlar arimayabdi. Birin-ketin ikki tomonlama muzokaralar olib borilib xaridorlar qiziqqan savollarga javoblar olmoqdalar.

Elchixona xodimlari tomonidan mahsulotlarning sifati, markirovkasi bo‘yicha berilgan savollardan tashqari, bojxona xarajatlari, qadoqlarga kerakli dizayn va eng asosiysi logistika xarajatlari bo‘yicha qizitirgan savollarga javob berilmoqda.

Ko‘rgazma davomida parallel ravishda “Jahon meva sanoati» forumi tashkil etildi. So‘zga chiqquvchilar qatorida “New Way Caravan Gardens” asoschisi Jamshid Abdullayev ham taklif etilgan va u “O‘zbekiston va Xitoy: Ipak Yo‘li sari” mavzusida taqdimot qildi. Eng avvalo ikki mamlakatlarning manfaatdor iqtisodiy aloqalari aytib o‘tildi. O‘zbekiston sarxil mevalari dunyoning 80 mamlakatiga eksporti amalga oshirilib borilayotgani, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha jahondagi egallagan o‘rinlari: Gilos 5, o‘rik 4, olxo‘ri 7, shaftoli 9 va boshqalar aytib o‘tildi. Eng asosiysi O‘zbekistonda yetishtirilgan mevalar sifati allaqachon yuqori texnologik asbob-uskunalar vositasida nazorat etilib, zamon talabiga mos ravishda qadoqlab, o‘z vaqtida xaridorlarga yetkazib berilayotganligi yetkazildi.

Ma'lumot: Guanchjou Janubi-Sharqiy osiyoning eng yirik meva savdo markazlaridan biri hisoblanadi. Yirik qo‘shni shaharlar bo‘lmish Shenchjyen, Gonkong, Shanxay savdogarlari mahsulotalarning sifatiga juda qattiq e'tibor berishadi.

Eng muhimi barcha ko‘rgazma ishtirokchilari namoyish etilgan taqdimotdan ta'sirlanib, O‘zbekiston bu kunda Xitoyga sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishga tayyorligini angladilar, ishonch hosil qildilar va ishlashga tayyorligini bildirdilar.

Ko‘rgazma o‘z ishini davom ettirmoqda. Hozirdanoq aytish mumkinki, ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirayotgan O‘zbekiston mahsulotlari katta shartnomalar, buning ortidan yurtimizga kiradigan yirik investitsiyalarga turtki bo‘ladi.

Akmalxon Olimxonov,
O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi.

Top