8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

13:45 / 05.07.2019 6904

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi ishdan ketdi

Bugun, 5 iyul kuni O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilgan. Jumladan, Assotsiatsiya kengashining amaldagi raisi Ilhom Ismoilovich Nasriyevning lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirildi.

Ilhom Ismoilovich Nasriyev

Xabarda aytilishicha, uning o‘rniga rais vazifasini bajaruvchi etib Assotsiatsiya kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Nasim Hoshimovich Alimovning nomzodi ma'qullandi.

Nasim Hoshimovich Alimov

O‘zNNTMA mamlakatdagi yirik jamoat tashkilotlardan biridir. U 2005 yilda 150 ta respublika va viloyatlar miqyosida faoliyat yurituvchi yetakchi fuqarolik institutlari tashabbusi bilan tashkil topgan. Assotsiatsiya jamoat tashkilotlarning intellektual, moddiy-texnikaviy resurslarini davlat va jamiyat qurilishning ustuvor masalalarini amalga oshirish, erkin va ochiq, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish maqsadida birlashtiradi.

Top