Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimça va özgartişlarga asosan:
- davlat organlari mansabdor şaxslarining NNT faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşişi BHMning 7 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi;
- NNT (bundan diniy taşkilotlar mustasno), şuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat röyxatidan ötmasdan faoliyatni amalga oşirişi BHMning 10 baravaridan 25 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi (ilgari BHMning 15 baravaridan 30 baravarigaça);
- jamoatçilik nazorati natijalariga köra, qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan şakllarda jamoatçilik nazorati sub’yektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni körib çiqmaslik yoki uni körib çiqiş muddatini uzrli sabablarsiz buziş mansabdor şaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Şu bilan birga, homiylik xayriyalarini yiğiş muayyan homiylik oluvçilarning manfaatlarini közlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oşiriladi. Homiylik xayriyalarini yiğiş tartibini buziş fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş maqsadida "Ijtimoiy şeriklik töğrisida" va "Nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining kafolatlari töğrisida"gi qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Şuningdek davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini töğridan-töğri berişning yangi mexanizmlari örnatiladi.
"Jamoat fondlari töğrisida"gi qonunga jamoat fondlarini taşkil etişga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş, ularni davlat röyxatidan ötkazişning şartlari va tartibini aniqlaştiriş, şuningdek mol-mulkdan foydalanişni yanada liberallaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi.
Bir kalendar yilda bank hisobvaraqlarida pul aylanmasi mavjud bölmagan jamoat fondlari uçun uşbu kalendar yilda öz faoliyatini auditorlik tekşiruvidan ötkaziş ixtiyoriy tartibda amalga oşirilişi belgilandi.












