8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

10:40 / 11.07.2019 11803

AQSh O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda - elchi

Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Toshkentda jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida elchiga O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlarning harbiy sohadagi hamkorligi bo‘yicha savol berildi.

«Bizda harbiy va harbiy-texnik sohada O‘zbekiston tomoni, ushbu davlat xavfsizlik kuchlariga asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik bo‘lgan. Bu nafaqat harbiy jihatdan, balki bojxona, ichki qo‘shinlar bo‘yicha ham amalga oshirilgan. 

Bundan oldin harbiy texnika, xususan, yengil zirhlangan transport vositalari, uchuvchisiz uchar qurilmalar, daryo katerlari, juda katta hajmda texnik jihozlar - formalar, kaskalar, tungi ko‘rish vositalari, ratsiyalar yetkazib berganmiz.

Hozirgi kunda bundan keyin O‘zbekiston tomoniga nimalar yetkazib berishimiz mumkinligiga oid muzokaralar davom etmoqda. Ba'zi texnikalar mamlakatga beg‘araz asosda berilishi, ba'zilari esa davlat hukumati tomonidan o‘z resurslari hisobiga sotib olinishi mumkin. Muhokama davom etyapti.

Shuni qo‘shimcha qilib o‘tishim mumkinki, bugun Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bilan uchrashdim. Qo‘mitaga bir necha yil davomida kontrabanda, radioaktiv materillar, narkotik vositalarni aniqlash uskunalari yetkazib berdik. Shunday hamkorlik davom etadi. Menimcha, yaqin orada shunday yordamning yana bir partiyasi yuboriladi», - dedi elchi.

Bundan oldin, O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQShga tashrif buyurishi xabar qilingandi

Top