10:16 / 30.08.2019
0
17119

Fransuz aktyori Mishel Omon vafot etdi

Foto: REUTERS

Fransuz komedik aktyori Mishel Omon 29 avgustga o‘tar kechasi 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.  

Omon “Komedi Fransez” teatrida 30 yildan ko‘proq faoliyat yuritgan.

Aktyor ko‘plab filmlarda rol ijro etgan. Unga asosan ikkinchi darajali rollar berilgan. Jumladan, u mashhur “O‘yinchoq” filmida do‘kon direktori, “Otalar” filmida yo‘qolib qolgan o‘smir otasi rollarini ijro etgan. Omon ryojissyor Fransis Veberning ushbu filmlarida afsonaviy fransuz aktyori Per Rishar bilan birga suratga tushgan. Aktyor, shuningdek, “Omadsizlar”, “Dublyor” filmlarida ham rollar ijro etgan. 

Omon Fransiyaning “Xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Fransiyadagi “Oskar”ning muqobili “Sezar” mukofoti uchun 3 marta nomzodi ilgari surilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top