Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kengash rahbari fermerlik sohasidagi tez-tez takrorlanuvchi optimizatsiya va beqarorliklarga izoh berdi
Bugun, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishgan.
Tadbir davomida O‘zbekistonda yer boshqaruvi fermerlik tizimiga o‘tgandan buyon har yetti-sakkiz yilda fermer xo‘jaliklarining optimizatsiyadan o‘tkazilishi dehqonlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani, fermerlarimiz qachon qo‘rqmasdan, qonunlarga ishonch hamda uzoq yillik reja bilan faoliyat boshlashi mumkinligi, umuman, bu tizim nega bunchalik beqarorligi borasida savol bilan murojaat qilindi.
«Siz yetti-sakkiz yil deyapsiz, bu ko‘p. Bizda optimallashtirish har uch yilda bo‘lyapti. Biz fermer xo‘jaliklarini yiriklashtirish yo‘nalishiga o‘tdik. Bu yil jami 77 mingta fermerlik qoldi, o‘tgan yili bu raqam 153 mingtani tashkil qilgan edi.
Men sizga yana bir yangilikni aytaman: Yaxshi bilishimiz kerak, biz qaysi jarayonga ketyapmiz? 2022 yil 1 yanvardan boshlab ko‘p tarmoqli bo‘lmagan fermer – fermer bo‘lolmaydi. Hozirda 60 foiz fermerlar ko‘p tarmoqli bo‘lib olishdi. Bu jarayon davom etadi.
Ayniqsa, bu yerda klasterlar bilan sog‘lom raqobat ketayotgan paytda bizning vazifamiz – fermerlarimizni qo‘llab-quvvatlash», deya O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xayitovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aktam Xayitov shuningdek, mazkur masala juda dolzarb ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan holda, jurnalist bilan batafsil, tet a tet suhbatga rozi ekanligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
-
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi
Jahon | 22:37 / 13.07.2025
Mavzuga oid

17:37 / 09.09.2021
“Birorta muhtoj inson e'tibordan chetda qolmaydi” – Aktam Xayitov

15:48 / 04.03.2021
2020 yilda fermerlardan yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilishi bo‘yicha 500dan ortiq murojaat kelib tushgan - Biznes-ombudsman

23:50 / 11.09.2019
Aktam Xayitov qishloq xo‘jaligidagi yangi 10 yillik strategiya haqida: «Tan olish kerak, biz shu paytgacha sohada rejasiz ishlab keldik»

19:39 / 11.09.2019