2018 yilda Özbekistondagi oliygohlar soni yana bittaga köpaydi. Samarqandda mamlakatning sayyohlik salohiyatini oşiriş vazifasi qöyilgan «Ipak yöli» turizm xalqaro universiteti oçildi. Bu universitet ayni damda ta'lim töliq ingliz tilida amalga oşiriladigan ilk oliygoh hisoblanadi. Janubiy Koreya ta'lim sistemasida işlab nom qozongan Azamat Akbarov ayni damda turizm universitetining prorektori vazifasida işlab keladi. Yangi universitet faoliyatini oyoqqa turğizişda jonbozlik körsatayotgan mutaxassis vaqt ajratib, bizning savollarimizga javob berdi.
«Ta'lim mamlakatning «yumşoq kuç»iga aylanişi kerak»
Suhbatimiz avvalida Azamat Akbarov mamlakatdagi ilk xalqaro maqomini olgan davlat universitetida işlayotganidan faxrlanişini aytib, oliygoh qaysi yöldan borişi haqida gapirdi:
«Universitetimiz oçilişi haqida Tsindaodagi ŞHT sammiti vaqtida prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev e'lon qilganlar. Davlat oliygohlari içida faqat bizga xalqaro statusi berildi. Bizda xalqaro oliygohlarning filiallari bor va biz öşa xalqaro universitetlarga raqobatçi milliy-xalqaro oliygohga aylanişimiz lozim. Xalqaro universitet Özbekistonning «yumşoq kuç»iga (soft power) aylanişi kerak. «Yumşoq kuç» ham aslida maşina, meva-sabzavot kabi Özbekiston çetga eksport qiladigan mahsulot. Bizning vazifamiz ta'lim orqali mamlakatni dunyoga tanitiş.
Universitetimiz 2019/20 yillarda töliq ingliz tilida dars beriladigan tizimga ötdi. Bunday tajriba davlat universitetlari orasida birinçi bölib bizda amalga oşirildi. Bundan taşqari biz «Balonya tizimi»ga ötdik. Ya'ni kredit-modul tizimiga. Bu tizim birinçidan, universitetning xalqarolaşuviga yordam beradi. Ikkinçidan, Yevropa, Janubiy Koreya, Yaponiyadagi kuçli oliygohlar bilan talaba almaşiş imkonini oşiradi (ya'ni öqişni boşqa oliygohga köçiriş).
Bu tizimda talaba belgilangan miqdordagi «kredit» olişi kerak. Masalan, bizda 240 «kredit» oliş majburiy va talaba buni xohlasa 4 yilda, xohlasa 5 yilda olişi mumkin. Bu talabaga erkinlik tuğdiradi. Aytaylik, talaba öqiş bilan birgalikda biror yerda işlaşi mumkin. Agar u belgilangan «kredit»ni olişni işlab ham eplasa, marhamat, bemalol işlasin. Biz talabaning öz sohasi böyiça işlaşini faqat olqişlaymiz. Talaba bu semestrda ololmagan «kredit»larining örnini keyingi semestrda töldirib qöyişi mumkin. Ya'ni, talaba öz öquv rejasini özi tuza oladi.
Nega ba'zi talabalar çet eldagi oliygohlarda birinçi semestrdayoq öqişdan haydalib ketadi? Çunki u kerakli darslarni qaytadan öqişga ulgurmaydi. Vaholanki ular mahalliy oliygohlarda talab qilingan fanlarni öqigan, ammo buning isboti bölmagan. Kredit-modul tizimida esa mana şunday muammo bölmaydi».
Mavzuga oid
«Ortiqça fanlar korrupsiyani keltirib çiqaradi»
Mutaxassis bugun mahalliy oliygohlarda haddan taşqari köp fan öqitilişini, bunday ortiqça yuklamalar talabaga oğirlik qilişini aytdi. Akbarovning fikriça, talabalar öz mutaxassisligi böyiça fanlarni özlaştirişga asosiy e'tiborini qaratişi kerak:
«Bizda hozirda bir semestrda 5 ta fan öqitiladi. Ba'zi oliygohlarda esa talabalar yarim öquv mavsumida 10-12 ta fanni özlaştirişga majbur. Ta'lim inqilobi röy berayotgan raqamli dunyoda nega talaba bunçalik köp fan öqişi kerak?
Nega 10 ta emas, 5 ta fan deyişingiz mumkin. Buni oddiy tuşuntiriş mumkin: aytaylik, talaba bitta fanni özlaştirişi uçun kerak bölgan 500 sahifali kitobni öqiş uçun 150 soat vaqt sarflaydi. Çunki tahlillarga köra, talaba 1 soatda 5-6 sahifa ma'lumotni özlaştira oladi. Yana faraz qilaylik, talaba 10 sahifalik mustaqil iş yoziş uçun qöşimça 1 000 sahifa ma'lumot öqişi kerak. Bunga 300 soat ketadi.
Endi umumiy 450 soatni 24 ga bölsak, 18 sutka böladi. 18 sutkani 12 ga köpaytiring (agar 12 ta fan öqitilsa). 220 sutka bölyapti. Axir bir semestrda 120 sutka bor-ku?! Savol: nega biz talabaga imkonsiz vazifa yuklaşimiz kerak? Şunday bölgan taqdirda talaba barça fanlarga tayyorlaniş imkonsiz ekanini köradi va 3-4 ta fandan tayyorlanib, qolganlariga «töğri bölmagan» muqobil yöllarni qidira boşlaydi. Şuning uçun bugun ta'limda korrupsiya muammosi jiddiylaşib ketgan.
Men talabalik vaqtimda 120 dan ortiq fan öqiganman. Ammo keyinçalik faoliyatimda bu fanlarning 1-2 tasidangina foydalandim deb ayta olaman. Özimiz talaba bölgan vaqtimizda köp fanlarning qiyinçilik tuğdirişini bilgan holda qöl ostimizdagi talabalarni «öqqa tutişimiz» kerak emas. Heç bir fanni keraksiz deb bölmaydi, lekin qandaydir yönaliş uçun ba'zi fanlar kerak bölmasligi normal holat. Biz talabalarning xotirasini rivojlantirişga emas, ularning ijodkorlik qobiliyatini oşirişga e'tibor berişimiz kerak».
«Ilmning asosiy manbai — internet»
Azamat Akbarov zamonaviy dunyoda bilimning asosiy manbasi internet ekanini aytdi. Uning fikriça, 90 yillardagi kabi ilm manbai faqat professorlar deb öylaş kerak emas:
«Talaba hamma bilimni oliygohdan olişi kerak degan tuşunça xato. U kutubxonadan, amaliyotdan, kitoblardan ham bilim olişi mumkin. Bizni örab turgan olam bilimga asoslangan asrimizda bilim olişning yagona yöli universitetda öqiş deb öylamaslik kerak. 90 yillarda bilimning yagona manbasi aytaylik, qaysidir professor deb qaralgan. Fanning yagona nusxadagi darsligi uning xonasida saqlanar va yuzlab talabalar öşa kitob uçun navbat kutardi (kuladi). Bugun esa bilimning asosiy manbai — internet. Bugungi talabada doim internet bor va u dars vaqtida xato ma'lumot bersangiz, öşa zahotiyoq buni bilib oladi.
Biz talabani bilimning manbasini topişga örgatişimiz kerak. Yuqorida aytganim «Bolonya tizimi»ga köra öqituvçiga berilgan darslik bilan talaba ham ta'minlanişi kerak. Bundan taşqari pedagog qöşimça tavsiya qilingan manbalar, onlayn resurslar bilan talabani taniştirişi şart. Öz faniga oid konferensiya, tadqiqotlar, yangiliklar bilan ham talabani öqituvçi boxabar qilişi kerak».
«Uruşdan söng xarobaga aylangan mamlakatlar sifatli ta'lim sabab bugun qudratli davlat böldi»
«Ikkinçi jahon uruşidan söng Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlar vayronaga aylangandi. Ammo ular hozir dunyoning eng kuçli 10 davlati qatorida turişadi. Ularning 40 yil içida bunday qudratli davlatga aylangani nima bilan boğliq? Albatta, ta'lim bilan. Janubiy Koreyada yer osti boyliklari yöq, ammo ular öz imkoniyatlaridan töğri foydalandi. Masalan, kemasozlikda koreyslar tengsiz. Bu mamlakatlar avvalo universitetlarni oyoqqa turğizişdi, keyinroq esa universitetlar mamlakatlarni oyoqqa turğizdi».
4 avlod universitetlari: biz birinçi bosqiçdamiz
Suhbatdoşimiz universitetlarni 4 ta avlodga böliş mumkinligini aytiş asnosida biz hali birinçi bosqiçda ekanimiz haqida açiniş bilan gapirdi:
«Universitetlarni şartli ravişda 4 ta avlodga böliş mumkin. Birinçi avlod bu an'anaviy uslubdagi oliygohlar. Afsuski, bizdagi aksar universitetlar mana şu toifada. Ya'ni, bizda faqat nazariy bilim beriş odat tusiga kirgan. Öqituvçi darsga tayyorlanadi, leksiyani öqiydi, tajriba esa yöq. Ba'zi öqituvçilar 30-40 yil avvalgi darsliklardan foydalanadi. Nima, bu yillarda fan rivojlanmadimi? Biz vizual resurslardan foydalanmay metodologiyani rivojlantira olmaymiz.
Ikkinçi avlod bu fanga asoslangan universitetlar. Janubiy Koreya va Yaponiyani aynan mana şunday universitetlar rivojlantirgan. Samsung, LG kabi kompaniyalar universitetlar bilan hamkorlikda rivojlandi. Ya'ni, biror universitet bu korxonalarning butun boşli loyihalarini amalga oşirib beradi va bu uçun katta pul oladi. Ham talaba tajriba orttiradi, ham universitet pul topadi. Ularda bir professor yiliga 30-40 million dollar topişi mumkin. Natijada u butun dunyodan özi xohlagan doktorantlarni qabul qilib, loyihalarini amalga oşira oladi. Bunday professorlarning yillik budjeti bizdagi butun boşli universitetlarning budjetidan kattaroq.
Uçinçi avlod bu tadbirkorlik ruhidagi universitetlar. Bunday oliygohlar AQŞ va Kanadada keng tarqalgan. Google, WhatsApp kabi loyihalar aynan mana şunday toifadagi universitetlar talabalari tomonidan amalga oşirilgan. Massaçusets universiteti har yili 50-60 talaba millionlab dollarlik startap loyihasiga ega bölgan holda tamomlaydi. Facebook, Microsoft kabi yirik korxonalar ham startapdan boşlangan. Bunday loyihalarni «garajdagi ğoyalar» deb ataşadi. Ya'ni, 3-4 döst loyiha uçun joy topolmay uni garajda amalga oşirişadi. Endi tasavvur qiling, biz qayerda-yu, dunyoning ilğor universitetlari qayerda...
Törtinçi avlod bu mentor uslubidagi universitetlar. Bizning vazifamiz qisqa muddatda birinçi avlod universitetidan törtinçi avlod universitetiga aylaniş. Bu uçun közböyamaçilikdan qoçib, çinakamiga işlaşimiz kerak. Faqat qoğozlarda maşhur, amalda esa qoloq bölib qoladigan universitet böliş kerak emas. Men mana şu vazifani uddalaş uçun harakat qilaman. Bu uçun Janubiy Koreyadagi qulay şaroitlarni taşlab keldim axir».
«Talabadan şunçaki işçi sifatida foydalanmaslik kerak»
«Talabalarning öqiş vaqtida öz mutaxassisligi böyiça işlaşi juda yaxşi narsa. Buni Germaniya metodi deyişadi. Germaniyada talabalar uçinçi kursdayoq öz mutaxassisligi böyiça şirkatlarda köngilli sifatida işlaydi. Ular kerak bölsa bepul işlaşadi. Bizda ham şunday bölişini juda xohlayman. Bir neçta sayyohlik şirkatlari bilan bu borada gaplaşdim. Ularga talabalardan şunçaki işçi sifatida foydalanmaslik kerakligini, ularning intellektini töğri yönaltiriş foydaliroq bölişini aytdim. Biz birinçi va ikkinçi kurs talabalarining 30% bahosini amaliyotdan olişini belgilaganmiz. Keyingi kurslarda bu körsatkiç 50 foizga yetadi».
Harvard qanday nom qozongan? Katta universitetlar qanday «özini boqadi»?
Dunyoning köplab universitetlarida bölib tajriba orttirgan suhbatdoşimizdan Harvard, Oksford kabi oliygohlar qanday qilib bu qadar maşhur bölgani, ular qay tariqa iqtisodiy mustaqillikka erişgani haqida söradik. Uning aytişiça, barçasi sifatli ta'lim sabab:
«Siz sanagan universitetlarga öqişga kiriş oson, lekin ularni bitiriş qiyin. Ularning bugungi kabi nom qozonişiga sabab ta'lim sifati. Bu oliygohlardagi öqituvçilar darsga hayotining eng muhim lahzasi kabi qarab bir soat leksiya öqiş uçun uç soat tayyorlanişadi. Tasavvur qiling, ular 10 minglab odamlarga leksiya öqişadi. Bu leksiya davomida 1 000 betlik ma'lumotlar bir soatda tinglovçilarga yetkaziladi.
Bizda esa öqituvçilar 20-30 soatlab darsga kiradi. Bir soat leksiyaga uç soat tayyorlaniş kerak bölsa, 60 soat vaqt ketadi. Özi haftada 50 iş soati bölsa, öqituvçi bunça leksiyaga qanday tayyorlansin? Ularda faqat darsga kirişga vaqt qolyapti xolos. Harvard qanday Harvard bölgan degan savolga şunday javob beriş mumkin: sifat, mas'uliyat, raqobat sabab».
Motorola va Nokia qanday qilib Apple va Samsung bilan raqobatga doş bera olmadi?
Akbarov turizm universiteti rivojlanişdan töxtamasligi kerakligini aytib, bunga jonli misollar keltirdi:
«Universitetimizdagi öqituvçilarning 70 foizi xorijlik. Yuqorida aytganimdek bizda ta'lim ingliz tilida taşkil etilgan. Mutaxassislarimiz asosan turizm sohasi bilimdonlari. Masalan, turizmda işlatiladigan biznes ingliz tili mutaxassisi talabalarimizga dars beryapti. Şuningdek, Tayvan, Yaponiya, Ispaniyada işlab yurgan özbekistonlik pedagoglarni ham jalb qildik. Bizning ğoyamiz Oksfordga bormay turib özimizda oksfordça ta'lim sifatini şakllantiriş.
Albatta, sifatli ta'lim uçun yaxşi bino kerak böladi. Bizga Samarqanddagi maşhur universitet xiyobonida joylaşgan sobiq SamDU litseyi binosi berilgan. Nasib bölsa, fevralda öşa yangi binoda öqişni boşlaymiz. Bu oddiy bino emas, «smart campus» (aqlli bino) böladi. Bino oxirgi avlod texnikalari bilan jihozlanadi va u yerda hujjatlar onlayn töldiriladi.
Biz doim zamon bilan birga rivojlanişimiz kerak. Öz vaqtida juda maşhur bölgan Motorola, Nokia telefonlari raqobatda Apple, Samsung telefonlariga yutqazdi. Çunki ular zamon bilan birga rivojlana olmadi. Xuddi şunday, bizdagi bosma naşrlar ham raqobatda internet saytlariga yutqazdi. Universitetlar ham zamon bilan birga rivojlanişi kerak».