15:25 / 08.01.2020
0
44602

NATO davlatlari AQShning Eron hujumiga javobini kutmoqda

Foto: REUTERS/Ins Kalnins

NATOga a'zo davlatlar Eronning Iroqdagi Amerika bazalariga bergan raketa zarbalariga nisbatan AQShning javobini kutmoqda. Bu haqda TASS Bryusseldagi manbasiga tayanib xabar berdi.

"Yevropalik ittifoqchilar Vashingtonning javobini kutmoqda, alyans shundan so‘ng munosabat bildiradi", - dedi u.

Yana bir diplomatning so‘zlariga ko‘ra, "AQSh Eron borasida NATO bilan maslahatlashmasdan so‘nggi aviazarbalar kabi o‘z bilganicha qarorlar qabul qilmoqda. Bundan sharoitda alyans Vashingtonning javobini kutadi".

Seshanba kuni Bryusselda NATO kengashining shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish natijalariga ko‘ra, NATO bosh kotibi Eronning barcha ittifoqchilari general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga nisbatan javob qaytarishda Eronni bosiqlikka chaqirganini bildirdi. U jurnalistlarning AQSh ham bosiqlikka chaqirilgani borasidagi savoliga javob bermadi.

NATOga a'zo qator davlatlar seshanba kuni Bag‘doddan o‘z harbiylarini evakuatsiya qilishni boshladi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top