18:33 / 20.01.2020
0
23826

Shavkat Mirziyoyev: «Quyi bo‘g‘inda na tizim bor, na nazorat»

Foto: Prezident matbuot-xizmati

Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida chiqish qilgan prezident Shavkat Mirziyoyev boshqaruv tizimidagi muammolar haqida gapirdi.

«Mahalliy kengash yo‘q joyda Senatga baho berish mumkin emas. Agar mahalliy kengash kuchli bo‘lsa, Senat ham shuncha kuchli bo‘ladi. U hamohang. Lekin qarsak bor, 30 yilda qarsak chalishni chiroyli o‘rganganmiz.

Pastda na tizim bor, na nazorat bor. Hamma narsa – eski tos, eski hammom. Ana shu narsalar yo‘qligi uchun bizda ko‘p narsa kaltak, selektor bilan bo‘lyapti. Kaltak, baqir-chaqir bilan bo‘lgan masala bu – vaqtinchalik. U doimiy emas. Bu davlat vaqtinchalik davlat degan xulosani beradi», – degan Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Bundan oldin, prezident ijtimoiy muammolarning yuzaga kelish sabablariga to‘xtalgani haqida xabar berilgan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top