Prezident ijtimoiy muammolarning yuzaga kelish sababini aytib o‘tdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy Majlis Senati binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev jamiyatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarga alohida to‘xtaldi.
“Uch yil oldin senatorlar tomonidan bevosita joylarga chiqqan holda hududlardagi muammolarni o‘rganish va mahalliy kengashlarda muhokama qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Biroq bu biz kutgan natijani berdi, deb hozircha ayta olmaymiz.
Joylarda hali juda ko‘p muammolar hali o‘z yechimini kutib turibdi. Masalan, yo‘l qurilishi sohasida jami 184 ming kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘llarining 70 ming kilometri, yoki 38 foizi qayta qurishga muhtoj. Odamlarning eng ko‘p e'tiroziga sabab bo‘layotgan kommunal xizmat sohasini oladigan bo‘lsak, bu borada ham juda-juda ko‘p muammolar mavjud.
Masalan, mavjud 630 ta qozonxonaning 25 foizi hamda 4 ming kilometr issiqlik tarmog‘ining 75 foizi yaroqsiz ahvolda. Eng achinarlisi, respublikamizda markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi atigi 68 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 60 foizdan ham past bo‘lib qolmoqda.
Shaharsozlik sohasida mamlakatimizda 1 ming 200ta aholi punktidan 232 tasi, yoki 19 foizi bosh rejaga ega.
Sog‘liqni saqlash sohasida respublikamiz bo‘yicha 13 mingta umumiy amaliyot vrachlari va tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi. 2019-2020 o‘quv yilida umumta'lim maktablarida 2700dan ortiq pedagog kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, maktablarni jihozlash darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 3 mingta maktabda ichimlik suvi tashib keltiriladi. 261 ta maktabda esa suv bilan mutlaqo ta'minlanmagan.
Mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi 8,9 foizni, ayollar o‘rtasida 12,5 foizni tashkil etadi.
Albatta uzoq vaqt davomida xalq bilan muloqot qilinmagani, uning dardi, tashvishlarini atroflicha o‘rganib, hal qilish choralari ko‘rilmagani oqibatida mana shunday ijtimoiy muammolar to‘planib qolgani hech kimga sir emas”, - dedi prezident.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilar uchun mehnat bozorini ochmoqda
O‘zbekiston | 15:20
-
Probatsiyani amalga oshirishga ko‘maklashgan shaxslar rag‘batlantirilishi mumkin
O‘zbekiston | 14:52
-
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
O‘zbekiston | 14:51
-
Raqobat qo‘mitasi qurilishni vaqtida tugallamagan qurilish kompaniyasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
O‘zbekiston | 14:42
Mavzuga oid

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025
Sog‘liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori – Senat

11:11 / 15.03.2025