21:53 / 23.01.2020
1
34369

AQSh «Al-Quds»ning yangi qo‘mondoniga tahdid qildi

Vashington Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi yangi qo‘mondoni general Ismoil G‘aniga yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Huk aytib o‘tdi, deb xabar berdi Asharq Al-Awsat nashri.

Xukning ta'kidlashicha, general Qosim Sulaymoniyning izdoshi amerikalik fuqarolarga hujumlarni davom ettirsa, AQSh uni bartaraf qiladi.

«Agar u ham amerikaliklarni o‘ldirish yo‘lidan borsa, uni ham shunday [Sulaymoniyniki kabi] qismat kutmoqda. Prezident yillar davomida mintaqada [Yaqin Sharqda] amerikaliklarga har qanday hujum qat'iy javobga uchrashini ta'kidlab kelgan», deb aytgan AQSh vakili.

Amerikalik harbiylar 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dod aeroporti yaqinida «Al-Quds» qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniyni bartaraf etishgan. Sulaymoniy o‘limidan keyin uning o‘rniga Ismoil G‘ani tayinlangandi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top