Ötkir Roziqov – Özbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan böyiça örinbosari bölib işlaydi. U, şuningdek, 2018 yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademikligiga saylangan.

Olim bilan suhbatimiz ilm-fan, ta'limi, ilmiy tadqiqotlar va matematik tafakkurning inson hayotiga ta'siri mavzulari atrofida keçdi. Suhbatdoşimiz sohadagi muammoli masalalarni sanab, ularga öz yeçimlarini taklif qildi.

«Uç muammo»

— Bugungi kunda ilm-fan rivojiga e'tibor qaratiş davlat rivoji uçun qançalik dolzarb bölib turibdi, fikringizni aytsangiz?

— Inson paydo bölganidan buyon uçta asosiy muammoni hal qiliş bilan ovora: oziq-ovqat, kiyim-keçak va uy-joy («uç muammo»). Bu muammolar dinamik xarakterga ega, ya'ni vaqt ötişi va odamlar soni oşişi «uç muammo»ning yangi holatlariga olib keladi va yangiça hal qilinişini talab qiladi. Yangiça hal qiliş esa olimlar uçun ma'suliyatdir.

Masalan, oziq-ovqat muammosining zamonaviy körinişi butunlay özgaça. Bugun biokimyoviy yöllar bilan oziq-ovqatlar yaratiş avj olgan. Zamonaviy uy-joy qurilişida bugungi kunda ğişt işlatilmay qoldi. Katta miqdordagi energiya talab qiladigan quriliş usullarining örnini ança arzon va yengil quriliş usullari egallamoqda.

Bu kabi şiddat bilan bölayotgan özgarişlarga Özbekiston faqat iste'molçi sifatida qarab turişi mumkin emas. Çunki tayyor mahsulotni sotib oliş davlat uçun ança qimmat böladi. Demak, davlatimiz yuqorida keltirilgan «uç muammo»ning zamonaviy usullarini topişda bevosita iştirok etişi lozim.

Şu sababli prezidentimizning yanvar oyidagi Oliy Majlisga murojaatida «uç muammo»ning zamonaviy yeçimlari asosini taşkil qiluvçi fanlar: matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yönalişlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollaştirilib, olimlarga barça şart-şaroitlar yaratib berilişi ta'kidlandi.

«Uç muammo» dinamikligi sababli doimo ilm-fan rivojiga e'tibor qaratiş butun dunyo rivojlanişi uçun dolzarb bölgan va dolzarb bölib qoladi.

— Ma'lumki, matematika Özbekistonda ilğor fanlardan biri hisoblanadi. Buni yanada kuçaytiriş zaruratini qanday baholaysiz?