Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Xalqaro huquqqa ko‘ra, Isroilning bosib olingan hududlarda yahudiylar turar joylarini qurishi noqonuniy hisoblanadi. Mudofaa vaziri Kats yangi aholi punktlarini qurish qarorini «tarixiy» deb atadi.
Isroil bosib olingan Iordan daryosi G‘arbiy sohilida 22 ta yangi yahudiy aholi punktini qurish rejasini e’lon qildi. 29 may, payshanba kuni mudofaa vaziri Israel Kats va o‘ta o‘ngchi moliya vaziri Betsalel Smotrich xabar berishicha, Isroil Xavfsizlik kengashi ushbu «tarixiy» qarorni ma’qullagan.
«Biz aholi punktlarini rivojlantirish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildik: Yahudiya va Samariyada 22 ta yangi jamoat», — deb yozdi Smotrich X ijtimoiy tarmog‘ida G‘arbiy sohilning Isroilda qo‘llanadigan nomidan foydalangan holda. U, shuningdek, «shimoliy Samariya»ga aholini qayta joylashtirish va «Isroil davlatining sharqiy o‘qini mustahkamlash» haqida gapirdi. Katsning qo‘shimcha qilishicha, bu harakat «mintaqa qiyofasini o‘zgartiradi».
Bosh vazir Binyamin Netanyahuning "Likud" partiyasi tomonidan chop etilgan xaritaga ko‘ra, yangi aholi punktlari butun G‘arbiy sohil bo‘ylab joylashtiriladi. Ulardan ikkitasi - Xomesh va Sa-Nur alohida ramziy ahamiyatga ega: ular G‘arbiy sohil shimolidagi aholi punktlari bo‘lib, 2005 yilda o‘sha paytdagi bosh vazir Ariel Sharon tashabbusi bilan Isroil ko‘chmanchilarni olib chiqib ketgan edi.
Mavzuga oid
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026