00:54 / 20.02.2020
0
5338
Jamg‘arma fermer va dehqonlar uchun lizing xizmatlarini yo‘lga qo‘ymoqda
Foto: KUN.UZ

Qishloq va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish maqsadida 2018 yilda “Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilingan edi. Jamg‘armaning o‘tgan yillarda erishgan natijalari va endilikdagi rejalarini bilan tanishish uchun, 19 fevral kuni Milliy matbuot markazida jamg‘arma mutasaddilari va OAV vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Jamg‘armaning vazifalari dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari hamda “Tomorqa xizmati” MChJ larini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Qolaversa, kredit resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi tadbirkorligi bilan shug‘ullanishda samarali foydalanish tog‘risida ma'lumotlar berishdan iboratdir. Shu rejalarni amalga oshirishda, 2018-2019 yillarda Jamg‘arma fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari hamda “Tomorqa xizmati” ma'suliyati cheklangan jamiyatlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga 305,9 milliard so‘m ajratgan. Bu mablag‘lar fermer va dehqon xo‘jaliklariga uchta bank orqali yo‘naltiriladi. Endilikda kreditlar barcha uchun bir xil miqdorda – 16 foiz etib belgilandi. 

Jamg‘arma ikki yildan buyon ko‘plab tomorqa egalariga kreditlar bergan bo‘lsa, endi lizing xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ymoqda. Bunda jamg‘arma yer egalariga yoki boshqa mulkdorlarga minitexnikalar, motokultivatorlar yetkazib beradi. Shu maqsadda har bir viloyatga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilmoqda. Qolaversa, tadbirkor jamg‘arma orqali kredit rasmiylashtirgan taqdirda, 8 foizlik mablag‘i to‘lab beriladi. 

Jamg‘armada joriy yilda ham bir qator vazifalar belgilab olingan. Xususan, 2020 yilda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarining yigirmadan ortiq tumanida o‘ttiz bitta qishloq xo‘jaligi va kooperativi tashkil etiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top