17:20 / 25.02.2020
0
49594
Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Omonullo Nasriddinxo‘jayev Moliya vaziri lavozimiga o‘tkazilgan Timur Ishmetov o‘rniga vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Foto: Omonulla Nasritdinxo‘jayev / Facebook

Omonullo Zabihullayevich Nasriddinxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Omonullo Nasriddinxo‘jayev shu vaqtgacha prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsiyalar va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

U 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan,  millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent Davlat universitetini, 2002 yilda Italiyadagi «SDA Bocconi» menejment maktabini tamomlagan, shuningdek, 2016 yilda Harvard Biznes maktabi ilg‘or menejment dasturini tamomlagan. U turli yillarda Alisher Usmonov boshqaruvidagi USM Holdings tarkibidagi kompaniyalarda faoliyat ko‘rsatgan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Moliya vazirligining sobiq rahbari Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, vazirlik rahbarligiga shu vaqtgacha vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Timur Ishmetov tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top