22:35 / 10.03.2020
0
17510
Tarixda ikkinchi bor OIVga chalingan inson butkul sog‘ayib ketdi

Avvalroq ilik ko‘chirib o‘tkazilishi OIVdan tuzalgan dunyodagi birinchi inson – berlinlik Timoti Braunning sog‘ayishiga yordam bergandi.

Foto : MED360

Shifokorlar insoniyat tarixida ikkinchi inson odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV)dan butkul sog‘ayganini tasdiqladi. U Londonda yashovchi 40 yoshli Adam Kastilexodir deb xabar bermoqda BBC News.

Unga 2003 yilda OIV tashxisi qo‘yilgandi. Virusdan forig‘ bo‘lishda unga ilik ildiz hujayrasining ko‘chirib o‘tkazilishi yordam bergan. Kastilexoda saraton kasalligi ham aniqlangani bois unga ilik ko‘chirib o‘tkazilgandi. Donordagi irs mutatsiyasi OIVni bartaraf etgan.

Shifokorlarning qayd etishicha, Kastilexo 30 oy avval antiretrovirus preparatlarini qabul qilishni to‘xtatgan, uning tahlillarida virus aniqlanmagan.

Avvalroq ilik ko‘chirib o‘tkazilishi OIVdan tuzalgan dunyodagi birinchi inson – berlinlik Timoti Braunning sog‘ayishiga yordam bergandi. Bu haqda 2011 yilda, ilik ko‘chirib o‘tkazilishidan 3,5 yil o‘tgach ma'lum bo‘lgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top