08:10 / 26.03.2020
8690
TIV Turkmanistonga yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga murojaat qildi

Turkmaniston hududiga yoki ushbu mamlakat hududidan tranzit orqali yuklarni tashish faqat Turkmaniston yuk tashuvchilari tomonidan amalga oshiriladi

Foto: Flickr

Tashqi ishlar vazirligi Turkmanistonga yuk tashish yoki ushbu mamlakat hududi orqali tranzit bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarga murojaat bilan chiqdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining O‘zbekiston tomoniga rasman ma'lum qilishicha, 2020 yil 24 martdan boshlab Turkmanistonning davlat chegarasida joylashgan «Garabogaz» va «Farap» nazorat-o‘tkazish punktlari orqali avtomobil transportida Turkmaniston hududiga yoki ushbu mamlakat hududidan tranzit orqali yuklarni tashish faqat Turkmaniston yuk tashuvchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda avtomobil tirkamasi yoki yarim tirkamadagi tovarlarni xorijiy yuk tashuvchilaridan Turkmaniston yuk tashuvchilariga o‘tkazish davlat chegarasidagi maxsus ajratilgan joylarda kontaksiz o‘tkazish sharti bilan amalga oshiriladi.

Ushbu choralar Turkmaniston hududiga yangi turdagi COVID-19 koronavirusining kirib kelishi va tarqalishi oldini maqsadida qabul qilindi.

Yuk tashish va tranzit bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Turkmaniston tomoni «Ma'lumot markazi» tashkil qildi: +99365647471 (Ashxobod), +994502900301 (Boku), +998712023210, +998901297455 (Toshkent).

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top