Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navoiyazot» rahbari ishdan ketdi
Respublikadagi gigant korxonalardan biri bo‘lmish «Navoiyazot» AJda rahbar o‘zgardi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Navoiyazot» AJ boshqaruv raisi Bahodir Sharipov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Kompaniya matbuot xizmati xabar berishicha, endilikda jamiyat raisligi vazifasini bajarish «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Odil Temirovga yuklatilgan.
«O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, 18 aprel kuni «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisi Jo‘rabek Mirzamahmudov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 16 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan, kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur'atlarini ta'minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ta'kidlangan masalalar yuzasidan «O‘zkimyosanoat» AJ va tashkilot tizmidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ijrosi muhokama qilingan.
«Navoiyazot» AJ boshqaruv raisi Bahodir Sharipov boshqa ishga o‘tgani sababli jamiyat raisligi vazifasini bajarish «O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Odil Shukurovich Temirovga yuklatilgan. Odil Temirov bir vaqtning o‘zida «O‘zkimyosanoat»dagi lavozimini ham saqlab qoladi.
«Jo‘rabek Mirzamahmudov yaqin bir oyda «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatidagi polivinilxlorid korxonasi quvvatini 90 foizga yetkazish, azot kislotasi ishlab chiqarish loyihasini foydalanishga topshirish vazifasini amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish lozimligi haqida bildirdi.
Shuningdek, hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalash va dezinfeksiya vositalariga talab oshganligi, xususan, qo‘shni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tushganligi hamda tog‘-kon metallurgiya sanoati uchun muhim bo‘lgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortayotganligi bois imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihalar tayyorlash yuzasidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosiga e'tibor qaratish lozimligi ham ta'kidlab o‘tildi», deyiladi «O‘zkimyosanoat» AJ matbuot xizmati xabarida.
«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatida ayni kunda qariyb 9 ming ishchi-muhandis mehnat qiladi va ularning 2,5 ming nafarini yoshlar tashkil qiladi. 1964 yilda ishga tushgan gigant korxonada 70 turdan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

16:13 / 11.03.2025
«Navoiyazot»dagi portlashda bir kishi halok bo‘lib, 11 kishi jarohatlandi

15:46 / 11.03.2025
«Navoiyazot»da portlash ro‘y berdi

20:11 / 25.07.2024
Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qo‘mitasiga qarshi shikoyatini rad etdi

08:45 / 13.07.2024